Vladimir Drayer
Vladimir Nikolayevich fon Dreyer (1876-yil 4-oktyabr, Toshkent, Rossiya imperiyasi – 1967-yil 22-fevral, Monte-Karlo, Monako) – Rossiya armiyasi general-mayori. Birinchi jahon urushi qatnashchisi. Oqlar harakatining aʼzosi.
Hayoti
Vladimir Nikolayevich 1876-yil 4-oktyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. Otasi artilleriya kapitani boʻlgan va Buxoro amiri huzuridagi diplomatik missiyada xizmat qilgan. Vladimir birinchi sinfni Toshkent erkaklar gimnaziyasida tugatgan, soʻngra 2-Orenburg kadet korpusiga oʻqishga kirgan va uni 1894-yilda tamomlagan. 1894-yil 1-sentyabrda harbiy xizmatni boshlagan.
1896-yil 12-avgustda Pavlovsk harbiy bilim yurtini tugatgandan soʻng, Nikolayevich ofitser lavozimiga koʻtarildi. 8- va 1-Turkiston artilleriya brigadalarida ikkinchi leytenant unvonida xizmat qilishni davom ettirdi. 1899-yil 12-avgustdan leytenant lavozimiga koʻtarildi.
1903-yilda Nikolayev nomidagi Bosh shtab akademiyasini tamomlagan va 1903-yil 23-mayda shtab kapitan unvonini qoʻlga kiritdi.
Nikolayevich harbiy xizmatni 16-oktyabr 1903-yildan 29-noyabr 1904-yilgacha 4-Turkiston jangovar batalyonida rota komandiri sifatida davom ettirdi. Keyinchalik Turkiston harbiy okrugi shtab-kvartirasining ad’yutant yordamchisi lavozimida faoliyat olib bordi.
Bolalar :
fon Dreyer 1911-yilda Italiya-turkiya urushida, 1912–1913-yillarda Bolqon urushida muxbiri boʻlib ishlagan.
Vladimir 1914-yilda 14-otliq diviziyasining shtab boshligʻi, keyin esa 1-otliqlar korpusi shtab boshligʻi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U 1914-yil noyabrdan 27-piyoda diviziyasining shtab boshligʻi lavozimiga oʻtdi.Vladimir Drayer 1915-yil 23-noyabrdan 275-Lebedyanskiy piyoda polkiga qoʻmondonlik qildi.
Vladimir Nikolayevich fon Dreyer 1967-yil 22-fevralda Monte-Karloda vafot etdi va Parijdagi Saint-Geneviève des Bois rus qabristoniga dafn qilindi.
Oilasi
Rafiqasi Klaudiya Vladimirovna. Yevgeniya (1896–1988)Iren (15.12.1915, Moskva – 02.04.2019, Parij) 100 yilligi munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 2015-yil 28-noyabrdagi 586-son Farmoniga muvofiq Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini oldi. Georgiy (1918–1943)
Manbalar
uz.wikipedia.org