Vladimir Dmitrievich Nabokov
Vladimir Dmitrievich Nabokov (ruscha: Влади́мир Дми́триевич Набо́ков; 1870 – 1922-yil 28-mart) – rus kriminologi, jurnalisti va Rossiya imperiyasining soʻnggi yillarida ilgʻor davlat arbobi. U rus-amerikalik yozuvchi Vladimir Nabokovning otasi edi.
Hayotning boshlangʻich davri
Nabokov Tsarskoe Selo shahrida badavlat va aristokrat oilasida tugʻilgan. Uning otasi Dmitriy Nabokov (1827 – 1904) 1878-yildan 1885-yilgacha Aleksandr II davrida Adliya vaziri, onasi Mariya fon Korf (1842 – 1926) Kurlandiyada taniqli Boltiqbo'yi nemis oilasidan baronessa boʻlgan.
Sankt-Peterburg universitetida jinoyat huquqi boʻyicha oʻqigan. Imperial huquqshunoslik maktabida kriminologiyadan dars bergan.
Nabokov 1897-yilda Elena Ivanovna Rukavishnikovaga turmushga chiqadi, uning besh farzandi boʻlgan. Ularning toʻngʻich oʻgʻli yozuvchi va lepidopterist Vladimir Vladimirovich Nabokov boʻlib, u oʻz xotiralarida otasini tasvirlab bergan va oʻzining "Ochqin olov" romaniga otasining oʻlimini eslatuvchi notoʻgʻri yoʻnaltirilgan suiqasd sahnasini kiritgan. Qolgan bolalari Sergey (1900 – 1945), Kirill (1911 – 1964), Elena (1906 – 2000) va Olga (1903 – 1978) boʻlib, u yozuvchi Ayn Rendning bolalikdagi doʻsti edi.
Karyerasi
1904-yildan 1917-yilgacha liberal „Rech“ („Nutq“) gazetasining muharriri boʻlgan.
Konstitutsiyaviy-demokratik partiyaning (KD, „Kadetlar“) taniqli aʼzosi Nabokov Rossiya parlamenti – Birinchi Dumaga saylangan. U Rossiya imperiyasidagi yahudiylar huquqlarining eng ochiq himoyachisi boʻlgan, otasi Dmitriy Nabokov boshchiligidagi oilaviy anʼanani davom ettirgan. Podsho Aleksandr II davrida adliya vaziri sifatida antisemitizm choralarining qabul qilinishiga qarshilik qilgan. Hamda oʻlim jazosi boʻyicha ishlar olib borgan. U partiyaning „markazi“ bilan tanilgan va Birinchi Davlat Dumasi davrida yaʼni Rossiyaning ikkinchi inqilob davrida chap partiyalar bilan ishlash tarafdori boʻlib kelgan.
1917-yilda, fevral inqilobidan soʻng, Nabokov Buyuk Gertsog Mayklning taxtdan voz kechishi toʻgʻrisidagi hujjatni ishlab chiqishda yordam beradi. Shundan soʻng Nabokov Muvaqqat hukumat kotibi etib tayinlandi ammo, 1917-yilni dekabrida Muvaqqat hukumat bolsheviklar inqilobi tomonidan agʻdariladi, keyin esa u Sankt-Peterburgni tark etishga majbur boʻldi. 1918-yilda oilasi bilan Qrimga borib, Qrim mintaqaviy hukumatida adliya vaziri boʻlib ishlaydi. 1919-yilda Nabokovlar Angliyaga qochib ketishdi va keyinchalik Berlinga joylashishadi.
1920-yildan to vafotigacha Nabokov Rossiyada gʻarbparast demokratik hukumatni himoya qilishda davom etgan, rus muhojir gazetasi „Rul " („Rul“) muharriri boʻlib ishlagan.
Oʻlimi
Nabokov 1922-yil 28-martda Berlindagi CD siyosiy konferensiyasida qatnashadi. Sud jarayonida Pyotr Shabelskiy-Bork va Sergey Taboritskiy chor madhiyasini kuylayotgan sahnaga yaqinlashib, soʻng liberal siyosatchi va noshir Pavel Milyukovga qarata oʻt ochadi. Bunga javoban Nabokov sahnadan sakrab tushadi va Shabelskiy-Bork bilan urishib ketishadi. Soʻngra esa Taboritskiy Nabokovga uch marta oʻq uzdi va uni bir zumda jarahotlab oʻldirdi. Milyukovniga qarata otilgan oʻq, uni yaralay olmadi ham.
Nabokov Berlin-Tegel rus pravoslav qabristoniga dafn etilgan.
Shaxsiy hayoti
Nabokov Rossiya xalqlarining Buyuk Sharqi tartibsiz mason lojasining faol aʼzosi boʻlgan edi.
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org