Vladimir Devlet




Vladimir Pavlovich Devlet [1890.29.9 (11.10), Tambov - 1958.15.12, Toshkent] — opera xonandasi (bariton), Oʻzbekistan xalq artisti (1945). Dastlab Kiyev opera teatri sahnasida chiqqan (1917). 1920—35 yillarda Odessa, Tbilisi, Sverdlovsk, Vladivostok va b. shahar opera teatrlarida ishlagan. 1937-yildan Toshkent rus opera va balet teatri, 1948-yildan Navoiy nomidagi opera va balet teatri yakkaxoni. 1938-yildan Toshkent konservatoriyasida pedagog (1942-yildan dotsent). Ovozi keng diapazonli boʻlib, ijro uslubi yetuk vokal texnikasi bilan ajralib turadi. Onegin, Yeletskiy (P. Chaykovskiy, "Yevgeniy Onegin", "Qargʻa motkasi"), Knyaz Igor (A. Borodin, "Knyaz Igor"), Rigoletto, Jermon (J. Verdi, "Rigoletto", "Traviata"), Tonio (R. Leonkavallo, "Masharabozlar"), Eskamilo (J. Vize, "Karmen") va b. partiyalarni ijro etgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz