Vladimir Danchev
Vladimir Danchev (1948-yil, Toshkent) – 1980-yillarda sovet xorijiy radioeshittirishlarining diktori. U 1983-yilda ingliz tilidagi koʻrsatuvlarida Afgʻonistondagi sovet qoʻshinlarining harakatlarini qoralovchi soʻzlar bilan tanilgan. Danchevning xatti-harakatlari sovet hokimiyati tomonidan bir muddat eʼtiborga olinmadi. SSSR DXO BBC xabar berganidan keyingina Danchevga eʼtibor qaratdi. Shundan soʻng Danchev ishdan boʻshatilgan va Toshkentdagi ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan.
Biografiyasi
Vladimir 1948-yilda Toshkent shahridagi rus-bolgar oilasida tavallud topgan .
Keyinchalik maʼlum boʻlishicha, Britaniya radiomonitoring xizmati Moskvadan eshittirishlarni Sovet rahbariyatiga qaraganda ancha yaqinroq kuzatgan.
Keyingi faoliyati
Danchevning gʻayrioddiy eshittirishlari bir necha hafta davom etdi (boshqa manbalarga koʻra, besh kun yoki ikki kun davomida 5 ta eshittirish). Inglizlarning tanlovi bor edi: kashfiyotlari haqida xabar berish yoki jim turish. Muhokamalardan soʻng yangilikni efirga uzatishga qaror qilindi. 1983-yil 23-mayda BBC radiostansiyasi noodatiy Moskva diktori haqida xabar berdi. Shundan keyingina SSSR DXQ Danchevga eʼtibor qaratdi: diktor oʻz qilmishidan voz kechishdan bosh tortdi, ishdan chetlashtirildi va oʻz ona shahri Toshkentga majburiy psixiatrik davolanishga yuborildi. KPSS safidan ham chiqarildi.
Vladimir Danchev 1983-yil dekabr oyida psixiatriya shifoxonasidan chiqdi. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, keyinchalik xorijiy radioeshittirishlar tahririyatiga qaytib keldi va u yerda texnik ishlar bilan shugʻullangan (ehtimol musiqa kutubxonasida).
Danchev sharafiga jurnalistlar uchun Inson huquqlari xalqaro federatsiyasi mukofot taʼsis eiltdi.
Manbalar
uz.wikipedia.org