Vladimir Dalganov




 

 

Vladimir Aleksandrovich Dalganov (1-yanvar 1956-yil, Koʻlob, Tojikiston SSR) — sovet futbolchisi, yarim himoyachi pozitsiyasida toʻp surgan. SSSR sport ustasi (1988).

Biografiya



Futbolchilik faoliyatini Qoʻrgʻon-tepaning „Paxtakor“ klubida boshlagan. 1983-yilda Tojikistonning yetakchi klubi „Pomir“ jamoasiga taklif qilingan. U tezda yangi jamoasining asosiy tarkibiga tez fursatda kirdi va asosiy futbolchilardan biriga aylandi. 1988-yilda SSSR Oliy Ligasida toʻp surdi.

1989-yilgi mavsum boshlanishi arafasida u „Pomir“ jamoasini tark etib, SSSR Ikkinchi ligasida ishtirok etuvchi Fargʻonaning „Neftyanik“ klubi tarkibiga oʻtdi. Fargʻonaliklar safida yarim mavsum davomida harakat qilib, ikkinchi qismini Xoʻjand jamoasi tarkibida oʻtkazdi. Dolganov 1990—1991-yillarda ketma ket 3 ta jamoa tarkibida toʻp surdi: „Regar“, „Geolog“ (Qarshi), „Maroqand“ Samarqand jamoalari safida toʻp tepdi.

1990-yillarning boshlarida u Krasnodar oʻlkasining Psebay shahriga koʻchib oʻtdi, Gorets yogʻochni qayta ishlash zavodining futbol jamoasida murabbiylik faoliyatini olib bordi. Keyinchalik u savdo sohasida ham ishladi. Zelenchuk va Labinsk shaharlarining sport jamoalarida, Mostovou shahrining „Janubiy“ sport maktabida bolalar murabbiyi sifatida faoliyat olib bordi.

Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz