Vladimir Bogdanavichus




Vladimir Stasisovich Bogdanavichus (1965-yil 18-mayda tugʻilgan, SSSR) – sovet davrida toʻp surgan rus futbolchisi, hujumchi, himoyachi, futzalchi. Keyinchalik murabbiylik qilgan.

Faoliyati



Moskva „Torpedo“ ning bitiruvchisi. Futbolchi sifatida Sovet Ittifoqining ikkinchi ligasida koʻplab jamoalarda oʻynagan. Mamlakat parchalanganidan soʻng, 1993-yilda Bogdanavichus Tyumenning „Dinamo-Gazovik“ jamoasi bilan birgalikda Sharqiy zonada birinchi divizionda gʻolib chiqdi. U havaskor jamoalarda futbolchi sifatida faoliyatini yakunlagan.

Mini futbolda



90-yillarda Vladimir Bogdanavichus mini-futbol boʻyicha Rossiya chempionatida faol ishtirok etdi. Bir muncha vaqt eng kuchli Sovet futzal jamoasi „KSM-24“ tarkibida boʻlgan. 1996—1997-yillarda Bolear-MGAFK jamoasida va 1998—1999-yillarda Koylda oʻynadi. 1982-yili FShMda 2 marta maydonga tushdi va gol ura olmagan. 1982—1983-yillarda Torpedo (Moskva) jamaosida va 1984-yil Dinamo (Stavropol) jamaosida 2 marta maydonga tushib1 ta gol urgan. 1987—1988-yillarda Tekstilshik (Ivanovo)da 58 marta maydonga tushib 4 ta gol uegan. 1989-yilda Saturn jamaosida faoliyat olib bordi. 1990-yillarda Xorazmning Jayhun (Urganch) jamoasida faoliyat olib bordi. 1998/99-yilgi mavsumda futbolchi Superligada „Kogalim“ jamoasida oʻynagan. 24 uchrashuvda bitta gol urgan.

Murabbiylik faoliyati



2001-2009-yillarda Ximki oʻsmirlar sport maktabida murabbiy boʻlib ishlagan. 2009-yildan 2013-yilgacha sport maktabi direktori edi. Keyinchalik „Ximki“ yoshlar jamoasini boshqargan va asosiy jamoaning murabbiylar shtabida edi.

2023-yilning 4-martidan 19-apreliga qadar „Ximki U19“ jamoasi bosh murabbiyi boʻlgan, shundan soʻng shaharda yoshlar futbolini rivojlantirishga rahbarlik qilgan.

Yutuqlari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz