Vladimir Bexterev
Vladimir Mixaylovich Bexterev (1857.20.1 (1.2), Kirov viloyatining Sorali (hozirgi Bexterevo) qishlogʻi — 1927.24.12, Moskva] — rus psixonevrologi. Peterburg tibbiyjarrohlik akademiyasiii tugatgan. Harbiy tibbiy akademiya (1893), Ayollar tibbiyot instituti professor. (1897). Psixonevrologiya instituti (1908), keyinchalik oʻzi tashkil etgan Miya va ruhiy faoliyatni Urganish instituti (1918) direktori. Nerv sistemasiiing anatomiyasi, fiziologiyasi va patologiyasiga oid tadqiqotlar olib borgan, refleksologiya asoschilaridan biri. Orqa va bosh miyaning utkazuvchi yoʻllari hamda miyaning funksional anatomiyasi toʻgʻrisidagi taʼlimotni ishlab chiqqan. Alkogolizmni gipnoz bilan davolash ustida ilmiy ish olib borgan. B.ning asosiy asarlari yosh bolalar xulqi va jnnsiy tarbiyasi, shuningdek ijtimoiy psixologiya muammolariga bagʻishlangan. Markaziy nerv sistemasini tinchlantiradigan suyuq dori—mikstura topgan. Miyani anatomik, fiziologik va psixologik usullar bilan kompleks Urganish asosida kishi shaxsini tadqiq etgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org