Vladimir Argun




 

Vladimir Beslanovich Argun (1991-yil 16-may, Tkvarcheli, Abxaziya ASSR, Gruziya SSR, SSSR) — rossiyalik futbolchi va hujumchi pozitsiyasida toʻp suradi. 2017-yilda Abxaziya chempioni, Abxaziya Superkubogining uch karra sohibi (2011, 2016, 2017), 2011-yilda Abxaziya kubogi sohibi boʻgan. 2017-yilda Abxaziyaning eng yaxshi futbolchisi. Abxaziy terma jamoasi bilan ConIFA Jahon Futbol Kubogi 2006 gʻolibi boʻlgan.

Faoliyati



Sochidagi 7-bolalar sport maktabi, Moskvadagi FSHM-Torpedo va SDUSHOR-Dinamo oʻsmirlar maktabida taʼlim olgan. 2008-yilda Argun oʻzining professional faoliyatini Rossiya chempionatining ikkinchi divizionida oʻynagan Sochi-04 jamoasida boshladi. Sochi-04 jamoasi tarkibida Vladimir Argun bir mavsum davomida oʻynadi va shu vaqt ichida u 12 oʻyinda ishtirok etdi va bitta gol urdi.

2009—2010-yillarda u Sochining bsohqa bir jamoasi „Jemchujina-2“ jamoasida oʻynagan. 2011-yilda u Abxaziyaning „Gagra“ jamoasida toʻp surdi. 2013-yildan 2014-yilgacha u ikkinchi divizionda oʻynagan „Afips“ jamoasi safida oʻynagan. 2015-yilda O‘zbekiston Chempionat jamoasiga ko‘chib o‘tdi va O‘zbekiston oliy ligasiga yo‘l olgan „Qo‘qon-1912“ jamoasi futbolchisiga aylandi. Qoʻqon jamoasi safida O‘zbekiston oliy ligasida yarim mavsum davomida toʻp surgach, tarkibdagi raqobat va klubning oʻyin uslubiga moslasha olmagani sababli yozgi transfer oynasida jamoani tark etdi. 2016-yilgi mavsum oldidan Abxaziyaning „Afon“ jamoasi tarkibiga qoʻshildi va klub bilan birgalikda bir necha sovrinlar sohibiga aylandi. Argun 2020-yilgi mavsumda Sochining „Medik“ jamoasi safida faoliyatini yakunladi.

Yutuqlari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz