Vladikavkaz




Vladikavkaz (osetincha Dzaujikau) (1931—44 va 1954—90 yillarda Orjonikidze, 1944—54 yillarda Dzaujikau) — Rossiya Federatsiyasidagi shahar (1860-yildan). Shimoliy Osetiya poytaxti, Terek daryosi sohilida. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 325 ming kishidan ziyod (1999). Mashinasozlik (elektrotexnika, priborsozlik va boshqalar), rangli metallurgiya, kimyo, shisha, yogochsozlik, yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari, 4 oliy oʻquv yurti (shu jumladan Shimoliy Osetiya universiteti), 4 teatr, Shimoliy Osetiya badiiy muzeyi, K. L. Xetagurov nomli Shimoliy Osetiya adabiyot muzeyi, Xetagurov uy-muzeyi bilan birga Shim Osetiya birlashgan muzeyi va b. bor. Turizm rivojlangan. V.ga Gruziya Harbiy yoʻlini qoʻriqlash uchun 1784 yil rus qalʼasi sifatida asos solingan.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz