Vizildoq qoʻngʻizlar




Vizildoq qoʻngʻizlar (Carabidae) — yirtqich qoʻngʻizlar kenja turkumi oilasi. Uz. 12–90 mm, tanasi odatda choʻziq, moʻylovlari koʻpincha ipsimon, oyoklari uzun, yuguruvchan. Ustqanotlari koʻpincha choklar orqali oʻzaro yopishib ketgan, ostqanotlari rivojlanmagan. Rangi aksariyat hollarda qorayoki qoʻngʻir, metallga oʻxshash yaltiroq, iazan chipor. Koʻpchilik turlarida himoya suyuqligi ishlab chiqaradigan anal bezlari boʻladi. V.q. tuproqda va uning sirtida, baʼzan daraxtlar va ularning yogʻoch qismida, chumoli va termitlar uyalarida, gʻorlarda hayot kechiradi. Koʻpchilik turlari tuprokda yashaydigan har xil umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Xususan, suluv qoʻngʻizlar kapalaklarning qurtlari, asl vizildoqlar (Carabus) hasharotlar va mollyuskalar bilan oziqlanadi. Oʻsimlikxoʻr V.q. ekinlarga, mas., donxoʻr V.q. (Zabrus tenebrioides) bugʻdoyga ziyon keltiradi. Bir qancha V.q., mas., toʻpchilar qurtlari boshqa qoʻngʻizlar gʻumbagida ektoparazitlik qiladi. Bir yillik, ikki yillik, baʼzan uzoqroq generatsiyaga ega. V.q. ustida zoogeografik, geografik oʻzgaruvchanlik va hayotiy formalari boʻyicha bir qancha tadqiqotlar olib borilgan. V.q. mikroiqlim, tuproq va oʻsimlik qoplami sharoitining oʻzgarishiga juda sezgir boʻlganidan bioindikator sifatida foydalaniladi. 30 mingdan ortiq turi shimoldan ekvatorgacha boʻlgan hududlarda tarqalgan, bir qancha turlari turli mamlakatlar Kizil kitobiga kiritilgan. Oʻzbekistonda 400 dan ortiq turi uchraydi.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz