Viyentian




Ventyan — Laos poytaxti, Mekong daryosining chap sohilidagi port. Alohida maʼmuriy birlik qilib ajratilgan. Aholisi 531,8 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). V.ga 13-asrda asos so-lingan. 16—18-asr boshlarida (vaqgvaqti bilan) Lansang davlatining poytaxti, 1899-yildan Fransiya Laosi maʼmuriy markazi, 1946—75 yillarda Laos qirolligining poytaxti boʻlgan. 1975-yil dekabrdan Laos Xalq Demokratik Respublikasi poytaxti. Ventyanda davlatning asosiy oliy organlari joylashgan. Mamlakatning muhim savdo markazi. Avtomobil yoʻllari va Mekong daryosi orqali qoʻshni mamlakatlar bilan bogʻ-langan. Aeroport bor. Mamlakatning deyarli barcha import va eksporti V. orqali oʻtadi. Sanoati sholi oqlovchi, koʻn, ip gazlama va shoyi, kimxob, mebel ishlab chiqaruvchi mayda korxonalardan iborat. Universitet, institutlar, Mil-liy kutubxona, muzeylar bor. Meʼmo-riy yodgorliklari: Fra-Keo (1565), Sisaket (1820) ibodatxonalari, qirol saroyi va boshqa.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz