Vivian McGrath
Vivian Erzerum Bede McGrath (1916-yil 17-fevral – 1978-yil 9-aprel) Avstraliyalik tennis bahslari chempioni edi. John Bromwich kabi oʻzlarining oʻynash uslublarini yaratgan dastlabki ajoyib oʻyinchilardan biri edi.
Biografiyasi
U Yangi Janubiy Vels(Wales)ning Mudji(Mudgee) yaqinidagi Merrendi(Merrendee) shahrida tugʻilib, katta boʻlgan. Uning ota-onalari mahalliy avstraliyalik edi va u oilasining 4-farzandi boʻlib dunyoga kelgan. Uning otasi mehmonxona xodimi edi. U Sidney oʻgʻil bolalar oʻrta maktabiga borib, 1932-yilda maktabni tugatgan. U yerda tennis va kriket bilan shugʻullangan. Ilk tennis mashgʻulotlarini oʻzining uy devori bilan mashq qilib oʻynay boshlagan.
U 1932-yilda avstraliyalik oʻsmirlar va 1933-yilda fransuz oʻsmirlar oʻrtasidagi yakkalik bahslarida gʻolib chiqdi. U 1933-yildan 1937-yilgacha Avstraliya Devis Kubogi jamoasi aʼzosi boʻlgan. 1935-yilda dugonasi Jack Crawford bilan Avstraliya ochiq chempionatida gʻolib chiqdi. 1937-yilda u John Bromwichga qarshi Avstraliya Ochiq chempionatida gʻalaba qozondi. McGrath 1935-yilda The Daily Telegraph nashri A. Wallis Myers tomonidan dunyoning eng yaxshi tennischilar qatorida 8-oʻrinini egallagan.
Ikkinchi jahon urushi paytida uning faoliyatini toʻxtatildi va u havo kuchlarida harbiy xizmat oʻtay boshladi. Unga faqatgina amerikalikga qarshi tennis musobaqalarida qatnashish uchun harbiy xizmatdan ozod etilgan edi(faqatgina qisqa muddatga).
Urushdan keyin u hech qachon oʻz faoliyatini avvalgiday qayta tiklay olmadi va jarohatlardan azob chekdi. Oxir-oqibat u „Southern highlands“da murabbiy boʻlib xizmat qila boshladi va endi koʻproq eʼtiborini ot poygasiga yoʻnaltirdi.
U Yangi Janubiy Uelsning Burradoo shahrida yurak xastaligidan vafot etdi.
Katta dubulgʻa finallari
Yakkaliklar: (1 ta nom)
Juftliklar: (1 unvon, 5 ikkinchi oʻrin)
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org