Vittoria Ceretti
Italiyalik model Vittoria Ceretti 1998-yil 7-iyunda tug'ilgan.Ceretti 2012-yilda Elite Model Look Model tanlovi orqali mashhur bo'lgan.Models.com Cerettini ushbu avlodning "Yangi Supers"laridan biri deb biladi..
Yoshlik davri
Ceretti 1998-yilda Italiyaning Brescia shahrida,pol qoplamalar ishlab chiqaruvchi kompaniya egasi Giuseppe Ceretti va uy bekasi Francesca oilasida tug'ilgan .Ceretti 14 yoshida Italiyadagi Elite Model Look tanlovida ishtirok etgan va u yerda finalchi sifatida tanlangan.
Faoliyati
Ceretti Italiyaning Milan shahrida Kristina Tining ko'rgazmasida chiqish qilgan.O'shandan keyin Max Mara, ChloƩ, Paco Rabanne, Alexander McQueen, DKNY, Lanvin, Ralph Lauren, Alexander Wang, Jason Wu,Celine, Loewe, Jacquemus, Salvatore Ferragamo, Anna Sui, Hugo Boss, Dolce & Gabbana, Armani, Prada, Proenza Schouler, JW Anderson, Moschino, Fendi, Valentino, Roberto Cavalli, Versace, Missoni, Louis Vuitton, Burberry, Chanel, Christian Dior, Miu Miu, Givenchy, Alberta Ferretti, Marc Jacobs, Michael Kors, Bottega Veneta, Tom Ford, Tommy Hilfiger, Versace, and Yves Saint Laurent brendlarida modellik qilgan.Ceretti Vogue, Vogue Italia, Vogue Paris, Vogue Japan, Vogue Germany, Vogue Spain, British Vogue, Vogue Korea, Vogue China, Harper's Bazaar, Elle, Glamour, Grazia, IO Donna muqovalarida paydo bo'lgan.2017-yilda 125 yilligi nishonlangan Vogue's March muqovasida Ceretti 7 modeldan biri bo'lgan.
Vogue Italia ma'lumotlariga ko'ra, Vittoria Ceretti o'z veb-saytida 2018-yilda eng ko'p qidirilgan model bo'lgan.
Shaxsiy hayot
Ceretti Vogue Paris jurnaliga bergan intervyusida, agar model sifatida kariyerasini boshlamaganda,u yo aktrisalikni yoki psixologiyani tanlagan bo'lishli mumkinligini aytib o'tgan.Ceretti 2020-yil 1-iyunda Ispaniyaning Ibiza shahrida italiyalik DJ Matteo Milleriga turmushga chiqgan va ular 2023-yil iyun oyida ajrashishgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org