Vitruviy




Vitruviy (Vitruvius) — rim meʼmori va muhandisi (mil. av. 1-asrning 2-yarmi). "Meʼmorlik haqida oʻn kitob" ilmiy asari bilan tanilgan. Unda shaharsozlik, muhandis-texnik va badiiy masalalar tahlil qilinib, qad. ellinistik yunon va rim meʼmorligida toʻplangan nazariy va amaliy tajribalar umumlashtirilgan. V. traktati 15-asrda chuqur oʻrganilib, 17—18-asrlar meʼmoriy order shakllarini yaratishda muhim rol oʻynagan.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz