Vitol Yazep
Vitol Yazep (Vitol Iosif Ivanovich) [1863.14(26). 7, Valmiyera — 1948.24.4, Lyubek) — latish kompozitori, musiqashunosi va pedagog; latish milliy kompozitorlik musiqasi asoschilaridan. 1886 yilda Peterburg konservatoriyasini tamomlab shu yerda 1918 y.gacha dars bergan (1901 yildan prof.). 1919 yilda Latviya konservatoriyasiga asos solgan (1944 y.gacha shu konservatoriyaning rektori va prof. boʻlgan). V.ning xor asarlari, romans va qoʻshiqlari, fortepiano pesalari, "Ligo bayrami" (1889), "Dramatik uvertyura"si (1895), "Qimmatbaho toshlar" (1924), "Kuz qoʻshigʻi" (1928) kabi simfonik asarlari mashhur.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org