Vitim




Vitim (yuqori qismida — Vitimkan) — Sharqiy Sibirdagi daryo, Lenaning yirik oʻng irmogʻi. Ikat tizmasining sharqiy yon bagʻridan boshlanadi. Uz. 1837 km, havzasining mayd. 225 ming km. Yuqori va oʻrta qismida jan.-sharq va sharqdan Vitim yassitogʻlarini aylanib, quyi qismida esa Stanovoy togligi va Patom togʻligi oʻrtasidan oqib oʻtadi. Togʻlar orasidan chiqqach, daryo vodiysi kengayadi; quyilish joyida kattagina delta hosil qilgan. V., asosan, yomgʻir, qisman qor va grunt suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 1520 m3/sek. V. noyabr boshlaridan mayning oʻrtalarigacha muzlab yotadi. V.da quyilish joyidan Bodaybo sh.gacha (300 km) kema qatnaydi. V. havzasida oltin va slyuda konlari bor.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz