Viti
Fiji , Fiji Respublikasi (Republic of Fiji) — Okeaniyada, Tinch okeanning janubigʻarbiy qismida, Fiji orollarida joylashgan davlat. Maydoni 18,4 ming km². Aholisi 919 ming kishi (2018). Poytaxti — Suva shahri. Maʼmuriy jihatdan 4 okrugga boʻlinadi.
Davlat tuzumi
Fiji — Buyuk Britaniya Hamdoʻstligi tarkibidagi respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1970 i. qabul qilingan, 1997-yilda unga oʻzgartishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident, u qabila boshliklarining Katta kengashi tomonidan mahalliy fijiylar orasidan 5 yil muddatga tayinlanadi. Prezident bosh vazirni va qurolli kuchlar qoʻmondonini tayinlaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament — senat va vakillar palatasi, ijrochi hokimiyatni Vazirlar mahkamasi amalga oshiradi.
Tabiati
Fiji arxipelagi Melaneziyanmnt sharqiy qismidagi 300 dan ortiq oroldan iborat. Ularning yiriklari — VitiLevu, VanuaLevu. Orollarning egribugri qirgʻoqlari marjon riflari bilan oʻralgan, zamini granit, gneys va boshqa qadimiy kristall jinslardan tuzilgan. Yirik orollar relyefi balandligi 1000 m dan yuqori togʻ tizmalari bilan ajralgan platolardan iborat. Eng baland joyi 1322 m (VitiLevu o.da). Sohil boʻylab ensiz tekislik joylashgan. Foydali qazilmalari: neft, mis, oltin, marganets. Yirik daryolari: Reva (100 km gacha kema qatnaydi), Singatoka, Mba (VitiLevu o.da). Iklimi tropik, okean iqlimi, sernam, oʻrtacha temperatura 25—28°. Yillik oʻrtacha yogʻin 1700–3500 mm. Vulkan jinslarining nurashidan hosil boʻlgan qizgʻish tuprogʻi unumdor. Togʻlarning shamolga roʻpara janubi-sharqiy yon bagʻirlarida qimmatbaho yogʻoch olinadigan tropik oʻrmon va savannalar bor. Hayvonot dunyosida yirtqich hayvon va zaharli ilonlar yoʻq. Orollarga dunyoning boshqa joylaridan jonivorlar keltirilgan. Mushuk, echki va quyonlar uchraydi.
Aholisining aksariyati — fijiylar va fijilik hindlar; okeaniyaliklar, inglizlar, xitoylar ham yashaydi. Rasmiy til — ingliz tili. Shahar aholisi 46%. Dindorlari — xristian, hinduiy va musulmonlar. Yirik shaharlari: Suva, Lautoka, Lambasa.
Tarixi
Fiji orollarida dastlabki manzilgohlar miloddan avvalgi 2ming yillik oʻrtalarida paydo boʻlgan. Orollarga yevropaliklardan birinchi boʻlib gollandiyalik A. Tasman 1643-yil va ingliz J. Kuk 1774-yil borganlar. 1874-yildan Buyuk Britaniya Fijini mustamlakaga aylantirdi. 1879-yildan mustamlakachilar shakarqamish plantatsiyalarida ishlatish uchun Hindistondan ishchilar olib kela boshladi. 1959-yil Fijida milliy ozodlik harakati boshlandi. 1970-yil 10-oktabrda Buyuk Britaniya mamlakatga mustaqillik berishga majbur boʻldi, ammo Buyuk Britaniya tomonidan tayinlanadigan generalgubernator hokimiyati saklanib qoldi. 1987-yil 25-sentabrda Sitiveni Rabuka boshchiligida harbiy toʻntarish sodir boʻldi, 6 oktda generalgubernator lavozimi tugatiddi va Fiji respublika deb eʼlon qilindi. Fiji — 1970-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 10-oktabr — Mustaqillik kuni (1970).
Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. F. leyboristlar partiyasi, 1985-yil tuzilgan; Milliy federativ partiya, 1960-yil asos solingan; F. konservativ partiyasi, 1989-yil tashkil etilgan; Fiji siyosiy partiyasi — Songosongo ni Vakavuleva ni Taukei — SVT, 1990-yil asos solingan. F. kasaba uyushmalari kongressi, 1951-yil tuzilgan.
Xoʻjaligi
Fiji — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi 22%, sanoatning ulushi 12%. Iqtisodiyotning yetakchi tarmogʻi — tropik dehqonchilik. Mamlakat hududining 11% dan koʻprogʻi qishloq xoʻjaligi ekinlari bilan band. Jamoa yer egaligi ustun. Bu yerlarda hind fermerlari eksport uchun shakarqamish yetishtiradi. Mahalliy axoliyey oʻz xoʻjaliklarida kokos palmasi, yams, taro, batat, banan, ananas, sitrus mevalar, kakao, tamaki, shuningdek, sholi, makkajoʻxori yetishtiradi. Chorvachiligida qoramol, choʻchqa, yilqi, echki, xonaki parranda boqiladi. Baliq ovlash rivojlangan. Yogʻoch tayyorlanadi. Oz miqdorda marganets rudasi, boksit, oltin, kumush qazib olinadi. Fiji sanoati qand, yogʻ, sholi oqlash, tamaki, meva konservalash, koprani qayta ishlash, taxta tilish, yogʻochsozlik, kiyimkechak, poyabzal, keng isteʼmol mollari korxonalaridan iborat. Sayyoxlarning kelibketishidan yaxshigina daromad olinadi. Temir yoʻl uzunligi 595 km, avtomobil yoʻllari uz. 5100 km. Asosiy dengiz portlari — Suva, Lautoka. VitiLevu o.ning gʻarbiy sohilida Nandi xalqaro aeroporti bor. Fiji chetga shakar xom ashyosi, kokos moyi, kopra, oltin, yogʻoch, baliq, kiyimkechak va boshqa chiqaradi, chetdan mashina va uskunalar, yoqilgʻi, keng isteʼmol mollari oladi. Avstraliya, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya bilan savdo qiladi. Pul birligi — fiji dollari.
Maorifi. Mamlakatda 800 dan ortiq maktab bor, ular 50 dan ziyod orolda joylashgan. Maktablarda taʼlim ingliz, fijiy va hind tillarida olib boriladi. F.da 8 yillik taʼlim majburiy. Boshlangʻich maktabga bolalar 6—7 yoshdan qabul qilinadi. Oʻrta maktabda oʻqish muddati 4 yil, ammo universitetga kirish uchun qoʻshimcha 2 yillik taʼlim kursida oʻqib chiqish kerak. Davlat maktablaridan tashqari xususiy maktablar ham bor. 1968-yil Suvada Tinch okean janubiy qismi mamlakatlarining regional universiteti tashkil etildi; xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, tibbiyot bilim yurti bor. Samabuladagi Texnika instituti (1964), Nausoridagi qishloq xoʻjaligi kolleji (1954), Suvadagi Markaziy tibbiyot bilim yurti (1886)da toʻliqsiz oliy maʼlumot olinadi. Suvada universitet kutubxonasi, shahar kutubxonasi, Samabulada Texnika institutining kutubxonasi, Nandida kutubxona, Suvada F. muzeyi (1906) mavjud.
Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi
Fijida nashr etiladigan gaz. va jurnallar: "Deyli post" ("Kundalik pochta", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1989-yildan), "Fidji Tayme" ("Fiji vaqti", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1869-yildan), "Shanti dut" ("Dunyo xabarnomasi", qind tilida chiqadigan haftalik gaz., 1935-yildan), "Aylend biznes" ("Orollar biznesi", ingliz tilida chiqadigan oylik jurnal, 1985-yildan), "Nav djioti" ("Yangi dunyo", hind tilida chikddigan oynoma, 1989-yildan). "Fidji brodkasting komishn", yarim tijorat tusdagi radioeshittirish xizmati, 1954-yil tuzilgan. "Fidji Televiji" telekompaniyasiga 1994-yilda asos solingan.
uz.wikipedia.org