Vitebsk




Vitebsk (belaruscha: Віцебск) — Belarus Respublikasidagi shahar. Vitebsk vidoyatining markazi. Daugava daryosining baland sohilida joylashgan. Daugava daryosidagi pristan. Yirik temir yoʻl tuguni. Aholisi 361,8 ming kishi (1999). Vitebsk birinchi marta 1021-yilgi solnomalarda tilga olingan. Belarusning Minsk va Gomel shahrilaridan keyingi yirik sanoat markazi. Yengil sanoat yetakchi oʻrinda turadi. Toʻqimachilik sanoati korxonalari (paypoq-trikotaj fabrikasi, gilam kombinati), tikuvchilik, poyabzal, zigʻir tola fabrikalari bor. Boshqa muhim tarmoq mashinasozlikdir (stanoksozlik, elektr asboblari, radio va soat detallari, motor remonti, traktorlar uchun ehtiyot qismlar chiqaradigan zavod, metall buyumlari, asbobsozlik, televizion zavod va boshqa zavodlar mavjud). Oziq-ovqat sanoati (goʻsht, un va parranda kombinatlari, yogʻ-ekstraksiya zavodi va boshqalar) rivojlangan. Vitebskda Belarusda eng yirik yogʻochsozlik kombinatlaridan biri, uysozlik kombinati, qurilish materiallari kombinati, ohak materiallari va boshqa kombinatlar ishlab turibdi. 4 oliy oʻquv yurti, 2 teatr, 2 muzey, Blagoveshchensk cherkovi (12-asr) bor.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz