Vitaminli ozuqalar
Vitaminli ozuqalar - oʻsimlik bilan hayvon chiqindilaridan tayyorlanadigan servitamin ozuqa, aralash yem. Vitaminlarnint yetishmasligi hayvonlar organizmida gipovitaminoz kasalliklarini keltirib chiqaradi. Yosh, boʻgʻoz va sogʻiladigan mollarda ayniksa vitaminlarga talab katta boʻladi. Ayrim vitaminlar hayvon organizmi-ning oʻzida, mas., A vitamini karotindan, D vitamini sterindan sintezlanadi. Kovsh qaytaruvchi hayvonlarning meʼda yoʻlidagi mikroflora taʼsirida S, K, V guruhidagi vitaminlar vujudga keladi. Pekin hayvonlar ratsionida vitaminga boy ozuqalarning boʻlishi muhim ahamiyatga ega. Hayvon oʻzining organizmi uchun muhim boʻlgan vitamin A ni karotinga boy yashil oʻtdan oladi. Karotin dukkakli oʻtlar (beda, qashqarbeda va b.)da koʻp. Bularning 1 kg ida 30—100 mg; 1 kg silosda 20—40 mg , 1 kg oddiy pichan unida 110—250 mg karotin bor. Baliq unida ham vitamin A koʻp. D guruhi vitaminlari yashil oʻtda yoʻq, ammo oftobda quritilgan pichanda ultrabinafsha nur taʼsirida vitamin D2 paydo boʻladi. Vitamin S ni koʻproq yosh oʻsimlik koʻkatida (1 kg koʻk bedada 900 mg), ildizmevalarda (1 kg sabzida 380 mg) boʻladi. Dukkakli oʻtlar, bugʻdoy kepagi vitamin Ye ga boy. Vitamin K oʻsimlikning yashil barglarida, sifatli pichan va silosda, ildizmevali oʻsimlik barglarida koʻp (1 kg koʻk bedada 90 mg). V guruhi vitaminlari koʻpchilik oʻsimlik va hayvonot chiqindilaridan olinadigan ozuqalarda boʻladi. Qishda ozuqa ratsionini vitaminlar bilan boyitish maqsadida donni maxsus muhitda oʻstirib, koʻkatidan foydalaniladi. Vitaminli ozuqa qoʻshimchalarning bir qancha turlari sanoat usulida ishlab chiqariladi.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org