Vitaliy Rudenchenko




Vitaliy Alekseyevich Rudenchenko (1940-yil 3-fevral, Andijon, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR — 1985-yil 13-noyabr, Ufa, Boshqirdiston, Rossiya Federatsiyasi) — rus rassomi. 1975-yildan Rassomlar uyushmasi aʼzosi, Boshqird Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Ilishevsk tumani faxriy fuqarosi. „Malyarlar“ (ruscha: „Маляры“; 1974), „Ekspluatatorlar“ (ruscha: „Эксплуатационники“; 1977), „Burg'ilash ustasi A. S. Kostelevskiy brigadasi“ (ruscha: „Бригада бурового мастера А. С. Костелевского“; 1978—1979), „Arlanneft“ neft va gaz qazib olish boshqarmasi boshligʻi N. S. Knyazev (ruscha: „Управляющий НГДУ „Арланнефть“ Н. С. Князев“; 1978), Respublikada xizmat ko'rsatgan neftchi P. R. Mannanov“ (ruscha: „Заслуженный нефтяник республики П. Р. Маннанов“; 1979), „Operator S. N. Matveyeva“ (ruscha: О„ператор С. Н. Матвеева“; 1980), „Muloqot“ (ruscha: „Диалог“; 1983), „Qishloq chekkasi“ (ruscha: „Окраина деревни“; 1983), „Kechki soat beshda“ (ruscha: „В пять часов вечера“; 1984) kabi mashhur suratlar muallifi.

Tarjimayi holi



Vitaliy Rudenchenko 1940-yil 3-fevral Oʻzbekiston SSR, Andijon viloyati, Andijon shahrida tavallud topgan. 1966-yili Toshkent shahridagi Pavel Petrovich Benokov nomidagi rassomchilik bilim yurtini tugatgan. 1974-yilda Rudenchenko Ufaga keladi va bu yerda „Arlan neftchilari“ (ruscha: „Нефтяники Арлана“) mavzusidagi diplom ishi uchun material toʻplaydi. 1974-yilda Ilya Repin nomidagi Leningrad rassomchilik, haykaltaroshlik va meʼmorchilik instituti (hozirgi Sankt-Peterburg Badiiy sanʼat akademiyasi) rang-tasvir fakultetini tamomlagan. Rassomning diplom ishi Boshqird Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasining Neftekamsk shahridagi neftchilar madaniyat saroyi uchun „Neftchilar“ (ruscha: „Нефтяники“) pannosining eskizlari boʻlgan. Boshqirdistonning poytaxti Ufadagi Ilishevsk tumanida yashab, u yerdagi neft konlariga tashrif buyurgan, burgʻilash ishida ishlovchi ishchilar orasida yashaydi. Rassom o‘z asarlarida zamondoshlarining obrazlarini jonlantirib, asosan portretlar chizgan. Rudenchenko 1970—1980-yillardagi boshqird tasviriy sanʼatining yetakchi namoyandalaridan biri hisoblanadi. Ayrim rasmlari 1983-yilda Boshqird Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasining Verxneyarkeyevo (boshqirdcha: Үрге Йәркәй) qishlogʻida rasmlar galereyasiga asos solinishiga sababchi boʻlgan.

Rassom 1985-yil 13-noyabrda Ufa shahrida avtohalokat natijasida vafot etgan.

Rudenchenkoning suratlari Mixail Vasilyevich Nesterov nomidagi Boshqird davlat sanʼat muzeyida hamda Boshqirdiston respublikasi Ufa, Neftekamsk, Amzyada joylashgan rasmlar galereyasi va xususiy kolleksiyalarda saqlanmoqda.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz