Vitaliy Panasyuk




Vitaliy Panasyuk (belaruscha: Віталь Панасюк) — belruslik futbolchi, himoyachi pozitsiyasi toʻp surgan. 2012-yilda Navbahor Namangan futbol klubida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati



Vitaliy yoshlik davrida Brestdagi 5-sonli sport maktabida tahsil olgan. Uning birinchi murabbiyi Yevgeniy Trotsyuk. 1996-yilda Vitaliy Minsk shahridagi Bolalar va oʻsmirlar sport maktabiga koʻchib oʻtdi va toʻrt mavsum davomida maktabning ikkinchi ligadagi asosiy jamoasida oʻtkazdi (1996-yilda jamoa „MPCC-96“ nomi ostida oʻynagan). 2000-yilda Belorusning yetakchi jamoalaridan biri, Borisov shahrining „BATE“ jamoasiga oʻtdi va u yerda ikki mavsum davomida oʻynadi. Uning Premyer-ligadagi debyut uchrashuvini 2000-yilgi mavsumning birinchi turida, 15-aprel kuni „Belshina“ jamoasiga qarsh oʻyinda oʻtkazdi. Bu davr muobaynida Belarus chempionatining kumush (2000) va bronza (2001) medali sovrindori boʻldi. „BATE“ jamoasi birgalikda Yevropa musobaqalarida qatnashgan.

2002-yilda Vitaliy jamoasini Brestning „Dinamo“ jamoasi yoʻnalishida oʻzgartirdi. Dinamo jamoasi tarkibidan muqim oʻrin olmadi va 5 mavsum davomida 2 bor boshqa jamoalar safida ijara asosida, „Belshina“ va birinchi liganing „Granit“ (Mikashevichi) klubida toʻp surdi. 5 mavsumda Brest jamoasida 88 ta oʻyin oʻtkazgan. Dinamo jamoasi bilan 2006/07-yilgi Belarus kubogi gʻolibi aylangan. 2009-yilda Brest jamoasi bilan xayrlashdi va „Vitebsk“ jamoasi safiga koʻchib oʻtdi va u yerda ikki mavsum Premyer-ligada oʻynadi.

2011-yildan beri u Belarusning birinchi liga klublari safida toʻp surdi. 2012-yilgi mavsumning ikkinchi qismida Oʻzbekiston Oliy ligasi vakili Namanganning „Navbahor“ jamoasi tarkibida oʻtkazdi. Chet eldagi faoliyati unchalik muavffaqiyatli boʻlmadi va 2013-yil Belorusga qaytib keldi. Umumiy hisobda u Belarus oliy dvizioni, Premyer-ligada 194 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urgan. Vitaliy shuningdek Belarus yoshlar terma jamoasida oʻynagan. 2010-yillarning oxirida u Brestdagi mini-futbol chempionati jamoalarida oʻynadi.

Yutuqlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz