Vitali Golod




Vitali Golod (ruscha: Виталий Голод; 1971-yil 23-iyunda tugʻilgan) — asli sovet fuqarosi, ammo isroillik shaxmatchi. U 1996-yilda FIDE tomonidan berilgan grossmeyster unvoniga ega.

Shaxmat faoliyati



Golod yoshligidan shaxmat bilan shugʻulangan boʻlsa ham musobaqalarga kech kirib keladi. Dastlabki ishtirok etgan nufuzli shaxmat musobaqasida u goʻlib chiqadi (Golod 1991-yilda Ukraina chempioni boʻlgan). shundan keyin u Isroilga koʻchib oʻtdi.

2004-yilda u Ramat-Avivda boʻlib oʻtgan Isroil chempionatida Sergey Erenburg bilan 1-2-oʻrinlarni egalladi. U Santa Monikada ham gʻalaba qozondi. 

2006-yilda u AQShning Illinoys shtati, Schaumburg shahrida boʻlib oʻtgan bahorgi Shimoliy Amerika FIDE Invitational turnirida gʻolib chiqdi va Monarch Assurance Isle of Man orolida xalqaro turnirida uchinchi oʻrinni egalladi (Aleksandr Areshchenko va Sergey Volkovdan keyin). Keyingi yili Golod shu orolda Mateush Bartel, Zaxar Efimenko, Yuriy Yakovich, Maykl Roiz va Mixail Kobaliya bilan 1-6-oʻrinlarni egallab, tay-breyk boʻyicha ikkinchi oʻrinni egalladi.

2010-yil mart oyida u Georgiy Agzamov xotirasiga bagʻishlangan turnirda grossmeysterlar Maksim Turov, Sergey Jigalko va Rinat Jumabayev bilan 1-4-oʻrinlarni egalladi. Toʻrt oy oʻtgach, Golod 43-chi Biel shaxmat festivalida grossmeysterlar Aleksandr Riazantsev, Nadejda Kosintseva, Leonid Kritz, Sebastyan Feller, Kristian Bauer va Sebastyan Maze bilan 1-7-oʻrinlarni egalladi. keyinroq noyabr oyida u Isroil chempionligini ham qoʻlga kiritdi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz