Visual Studio Code




Visual Studio Code (VS Code) — Windows, Linux va macOS uchun Microsoft tomonidan ishlab chiqilgan kod muharriri. U veb va bulutli ilovalarni platformalararo ishlab chiqish uchun „yengil“ kod muharriri sanaladi. Kodni bosqichma-bosqich ishlab chiqish, Git vositalari, sintaksisni ajratib koʻrsatish, IntelliSense va refaktoring vositalarini oʻz ichiga oladi. Unda sozlash uchun keng imkoniyatlar mavjud: foydlanuvchi koʻrinishlari, klaviatura yorliqlari va konfiguratsiya fayllari. Dastur foydalanish uchun bepul, ochiq kodli dasturiy taʼminot sifatida ishlab chiqilgan, lekin tayyor yigʻilishlar xususiy litsenziya ostida tarqatiladi

Visual Studio Code Electron'ga asoslangan] va Visual Studio Online uchun ishlab chiqilgan Monako veb-muharriri orqali amalga oshiriladi.

Tarixi



Visual Studio Code 2015-yil 29-aprelda Microsoft tomonidan Build konferensiyasida eʼlon qilindi va tez orada beta-talqinda chiqarildi

2015-yil 18-noyabrda Visual Studio Code MIT litsenziyasi ostida chiqarildi va manba kodi GitHub'da chop etildi. Kengaytmalarni qoʻllab-quvvatlash eʼlon qilindi.

2016-yil 14-aprelda Visual Studio Code beta-sinovdan chiqdi.

Imkoniyatlari



Visual Studio Code — bu kod muharriri hisoblanadi. U koʻp tilli foydalanuvchi interfeysiga ega va bir qator dasturlash tillari, sintaksisni ajratib koʻrsatish, IntelliSense, refaktoring, bosqichma-bosqich dasturni ishga tushirish, kod navigatsiyasi, Git-ni qoʻllab-quvvatlash va boshqalarni qoʻllab-quvvatlaydi. Visual Studio Codeʼning koʻp xususiyatlari GUI orqali mavjud emas, koʻpincha buyruqlar palitrasi yoki JSON fayllari (masalan, foydalanuvchi sozlamalari) orqali amalga oshiriladi.

2018-yildan beri Visual Studio Code uchun ochiq kodli Python kengaytmasi mavjud. U dasturchilarga kodni tahrirlash, bosqichma-bosqich dasturlash va dasturni sinovdan oʻtkazish uchun keng imkoniyatlarni taqdim etadi.

Visual Studio Codeʼda plaginlarni qoʻllab-quvvash imkoniyati[20] Visual Studio Marketplace orqali mavjud. Bularga muharrir qoʻshimchalari, qoʻshimcha dasturlash tillarini qoʻllab-quvvatlash, statik kod analizatorlari kiradi.

2019-yil may oyidan boshlab VS Code asosidagi Visual Studio Online muharririning yopiq testi mavjud. U barcha kengaytmalar va IntelliCodeʼni qoʻllab-quvvatlaydi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz