Visseral Miya
Limbik sistema (lot. limbus - hoshiya), visseral miya — bosh miyaning anatomik va funksional jihatdan birbiriga yaqin boʻlimlari majmui. Limbik sistema miya poʻstlogʻi bilan ham, poʻstloq osti tuzilmalari bilan ham bogʻlangan boʻlib, hid bilishda va ichki aʼzolar faoliyatini tartibga solishda ishtirok etadi. Lekin Limbik sistemaning asosiy funksiyasi organizmning xatti-harakatlari va ruhiy faolligini yuzaga chiqaradigan oʻz-oʻzidan boshqarilish jarayonlariga bogʻliq. Limbik sistemaning turli qismlariga turli usullar bilan taʼsir etish yoki ularni zararlash yoʻli bilan qoʻrqish, gʻazablanish va shahri k. boshqa holatlarni paydo qilish yoki bartaraf etish mumkin (yana qarang Bosh miya).
Manbalar
uz.wikipedia.org