Vismut (mineral)




Vismut , sof vismut — mineral. Asosan sof tugʻma metall — Bi dan iborat. Trigonal singoniyali. V. mayda donachalar, zanjirsimon, varaqasimon kristallar. Kumushsimon oq, kulrang va sargʻish. Yaltirokligi metallsimon. Qattiqligi 2,5. S. of. 9,8. Asosan gidrotermal eritmalardan hosil boʻladi. Pegmatit, skarn, greyzen, yuqori haroratli gidrotermal konlarda kassiterit, volframit, molibdenit, sheelit, qoʻrgʻoshin, rux, mis, temir sulfidlari, shuningdek kobalt va nikel arsenadlari, sof kumushli rudalar bilan birga hosil boʻladi (yana q. Vismut rudalari). V. Oʻzbekistonda Qoʻshbuloq, Chodak, Ustarasoy, Burchmulla, Langar, Ingichka, Yaxton, Choshtepa, Qoʻytosh konlarida uchraydi.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz