Visla




Visla yoki Vistula — Polshadagi eng katta daryo. Uz. 1047 km, havzasining mayd. 198,5 ming km. Gʻarbiy Karpat (Sileziya Beskidi) togʻlaridan boshlanib, Boltiq dengizining Gdansk qoʻltigʻiga delta hosil qilib quyiladi. Yirik irmoqlari: oʻngdan — Dunayes, Visloka, San, Gʻarbiy Bug va b.; chapdan — Pilitsa, Brda. Visla boshlangan joyidan 40 km gacha togʻ orasidan, Pshemsha bilan qoʻshilgach tekislikdan oqadi; yozda Karpat togʻlariga yoqqan jalalar natijasida toshadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 1090 m3/sek. Visla Polshaning muhim transport magistrali. Quyilish joyidan Pshemsha irmogʻi qoʻshilgan joygacha 940 km masofada kema qatnaydi. Visla kanallar orqali Neman, Dnepr, Odra daryolari 6-n qoʻshilgan. Visla boʻyida Varshava, Krakov, Plotsk, Torun sh.lari, deltasida Gdansk sh. joylashgan.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz