Virtual smart-karta
Virtual smart-karta — maʼlumot tashuvchi apparatlar (smart-karta, USB-token)ga xos operatsiyalarni toʻlaligicha bajarishga imkon beruvchi smart-kartalarning dasturiy taʼminoti.
Virtual smart-karta odatiy smart-kartaning harakatlarini toʻliq takrorlaydi. Foydalanuvi ishlaydigan kompyuter va ilovalarning operatsion tizimi uchun virtual smart-karta anʼanaviy kartalardan farq qilmaydi.
Virtual smart-karta texnologiyasi Windows Server 2012, Windows 8 va Windows RT OTlarida paydo boʻlgan. Texnologiyaning amalga oshirilishigiga qarab anʼanaviy tashuvi va unga mos oʻquvchi qurilma rolini platforma modulining ishonchli mikrosxemasi (TPM), kalitlar va raqamli sertifikatlarni maxsus saqlovchi, hattoki foydalanuvchining smartfoni bajarib berishi mumkin.
Virtual smart-karta foydalanuvi va kompyuterga ulanadi. Foydalanuvchi uchun virtual smart-karta oʻzida kompyuterda doimiy ravishda mavjud boʻlgan smart-kartani aks ettiradi. Foydalanuvchi smart-kartani bir nechta kompyuterda ishlata olishi uchun karta ularning har biriga kiritilishi kerak. Agar bitta kompyuterda bir nechta foydalanuvchi ishlasa, ularning har biriga alohida virtual smart-karta taqdim etiladi.
Foydalanish usullari
Virtual smart-karta anʼanaviy kalit tashuvchilar uchun mavjud boʻlgan barcha foydalanish usullari va toʻplamlariga egalik qiladi. Anʼanaviy smart-kartalar kabi virtual smart-kartalar ham quyidagilarni amalga oshirishga yordam beradi:
Afzalliklar
Virtual smart-karta anʼanaviy smart-kartadan apparatli tarkibiy qismga ega emasligi tufayli ham bir qator afzalliklari bilan ajralib turadi:
Yana qarang
Havolalar
uz.wikipedia.org