Virgin of the Rocks




Qoyalarning bokira qizi ( italyancha: Vergine delle rocce ), ba'zan esa "Qoyalar Madonnasi " italiyalik Uyg'onish davri rassomi Leonardo da Vinchining bir xil mavzudagi ikkita rasmining nomi hisoblanib, bir nechta muhim tafsilotlardan tashqari bir xil kompozitsiyaga ega san'at asaridir. Eng birinchi deb hisoblangan versiya qayta tiklanmagan va Parijdagi Luvrda saqlanib kelinmoqda. 2008–2010-yillarda qayta tiklangan ikkinchi kartina esa Londondagi Milliy galereyada saqlanib kelinmoqda. Asarlar ko'pincha mos ravishda " Luvr bokira qoyasi" va " London bokira qoyasi" deb nomlanadi. Rasmlarning har ikkalasi ham deyarli 2 metr(6 futdan ortiq) balandlikda, moylar bilan bo'yalgan. Ikkalasi ham dastlab yog'och panellarga bo'yalgan, ammo Luvr versiyasi canval( qalin matoga chizilgan rasm)dan foydalanib ishlangan. .

Ikkala rasmda ham Maryam va Iso (chaqaloq) chaqaloqni muqadda suvda cho'miltirgan Yahyo va farishta Uriel bilan birga toshloq joyda tasvirlangan. Muhim kompozitsion farqlar farishtaning nigohi va o'ng qo'lida tasvirlangan. Ushbu ikki asar bir-biridan ranglar, yorug'lik, flora va sfumatodan foydalanganligi va ko'plab kichik usullar bilan farqlanadi.Gartchi komissiyaning sanasi hujjatlashtirilgan bo'lsa-da, ikkita rasmning to'liq tarixi noma'lum, bu ikkala rasmning qaysi biri oldinroq yaratilganligi haqida ma'lumot mavjud emas.

Yana ikkita surat: yon panellarning har birida musiqa asbobi chalayotgan farishta tasvirlangan va Leonardoning shogirlari tomonidan to'ldirilgan. Ularning ikkalasi ham Londondagi Milliy galereyada saqlanib kelinmoqda.

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz