Vir kishmishi
Vir kishmishi - ertapishar xoʻraki, mayizbop uzum navi. Hoz. Oʻzbekiston oʻsimlikshunoslik institutida Babari va Qora kishmish navlarini oʻzaro chatishtirib chiqarilgan. Tupi kuchli oʻsadi. Guli ikki jinsli. Bargi katta (boʻyi va eni 20—22 sm), toʻgarak, besh boʻlakchali, oʻrtacha kertikli, toʻq yashil, tuksiz, cheti arra tishli. Uzum boshi oʻrtacha silindr-konussimon, bandi kalta, oʻrtacha tigʻiz, ogʻirligi 350—360 g . Gʻujumi oʻrtacha, tuxumsimon shaklda, yashilsimon sariq, etdor, sershira, urugʻi yoʻq, poʻsti yupqa. Avg . oʻrtalarida pishadi. Tarkibidagi qand 23—25%. Hosildorligi 200—250 s/ga. Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida oʻstiriladi.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org