Violonchel




Violonchel (ital. violoncello) -skripkastlotar oilasiga mansub torlikamonli soz. Bastenor registrli. 4 tori kvinta oraligʻida sozlanadi. Diapazoni 5 oktavaga yaqin. Umumiy uz. 155 sm. Ijro paytida V.ni tik holatda ushlab sahnaga qoʻyishadi. 15-asr oxiri — 16-asr boshi da Yevropada xalq kamonli sozlari rivoji natijasida yuzaga kelgan. Yakkanavoz soz sifatida hamda turli ansambl va orkestrlar tarkibida ishlatiladi. Oʻzbekistonda V. ijrochiligi 19-asr oxirida shakllangan. Oʻzbekiston kompozitorlaridan S. Jalil V. va orkestr uchun konsert, G. Mushel, B. Giyenko, F. YanovYanovskiy, S. Karimxoʻjayev, N. Zokirovlar turli pesalar yozgan.

Violonchel (italyancha „violoncello” soʻzidan kelib chiqqan; qisqartmasi cello) — toʻrt torga ega boʻlgan torli va kamonli musiqa asbobi. Ovozining balandligi boʻyicha alt va kontrabasning orasida turadi. Altning kattalashtirilgan shakliga ega. Violonchel qadimgi viola (italyancha: viola da Gamba) asbobining zamonaviy holidir. Violonchelning tuzulishi xuddi altniki kabi, biroq bir oktava past. Violonchelning ovoz hajmi juda kattadir — uch yarim oktava. Violonchelchi tizzalarini orasida, violonchelni vertikal, shpilini polga tiragan holda qoʻyib chaladi.

Havolalar




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz