Viola Desmond
Viola Irene Desmond (inglizcha: Viola Irene Desmond,
Devis yoki Davis deb chaqirilgan, 1914-yil 6-iyul Halifax,1965 - yil 7-fevral Nyu-York, AQSh) - kanadalik ishbilarmon ayol, irqiy segregatsiyaga qarshi kurashuvchi sifatida tanilgan.
Biografiyasi
Oilasi va biznes karyerasi
Viola Irene Desmond 1914-yilda Galifaksda (Kanada) ko'p bolali oilada tug'ilgan, u yerda undan tashqari yana 10 nafar aka-uka va opa-sinlisi bor edi. Uning otasi Jeyms Albert Devis o'rta sinf qora tanli oilasidan chiqqan, bir necha yil port yaqinida yuk tashuvchi bo'lib ishlagan, keyin o'zining sartaroshxonasini ochgan. Violaning onasi Gvendolin oq tanli ruhoniyning qizi edi. Uning oilasi Konnektikutdan Halifaxga ko'chib o'tdi. Devis oilasi Halifaxdagi yirik negrlar jamiyatining ajralmas qismi edi.
Halifaxdagi ikkita qora tanli maktabda o'qituvchilik qilganidan so'ng,
Viola Desmond Monrealdagi Kosmetologiya dala maktabiga o'qishga kirdi. Kosmetologiya dala maktabi o'sha paytda Kanadadagi qora tanli talabalarni qabul qilgan kam sonli oliy o'quv yurtlaridan biri edi. U Atlantik Siti va Nyu-Yorkda o'qishni davom ettirdi va Halifaxga qaytib kelgach, u yerda asosan qora tanli mijozlariga xizmat ko'rsatadigan go'zallik salonini ochadi. Biznesi foydali bo'ldi va
Viola Desmond birinchi navbatda kosmetologiya maktabini ochib, o'qitishni boshladi (uning tarkibiga Nyu-Brunsvik va Kvebekdan kelgan qora tanli talabalar bor edi va yiliga 15 tagacha talabaning o'qishi imkoni bor edi), so'ngra butun Yangi Shotlandiya provinsiyasi bo'ylab salon tarmog'ini kengaytirdi.
Kinoteatrdagi voqea
1946-yil 8-noyabrda Yangi Shotlandiyaning Sidney shahridagi ish masalasida uchrashuviga ketayotib,
Viola Desmond ning mashinasi Nyu-Glazgodagi kichik shaharchada buzilib qoldi va uni tuzatish uchun bir necha soat vaqt ketishi mumkin edi. Vaqt o'tishini kutmay
Viola Desmond "Dark Mirror" filmini ko'rish uchun kinoteatrga borishga qaror qildi. Roseland kinoteatrining kassasida u zalga kirishga chipta so'radi, lekin buning o'rniga kassir uni balkon uchun mo'ljallangan chiptani berdi. Zal o'rindiqlari odatda rangli odamlar uchun ajratilgan edi(Kanadada irqiy bo'linish yo'q edi, lekin bu yillarda ham segregatsiya holatlari uchrab turgan). Bunga e’tibor bermay,
Viola Desmond zalga kirmoqchi boʻldi, biroq chipta sotuvchisi uni toʻxtatib, uning chiptasi faqat balkondagi oʻrindiqlar uchun amal qilishini koʻrsatdi.
Viola Desmond kassaga qaytib keldi va narxdagi farqni toʻlashini aytib, chiptani almashtirishni soʻradi. Biroq kassir “u va u kabi” odamlar uchun zal chiptalarini sotishga ruxsat berilmaganini aytib, buni rad etdi.
Viola Desmond qaysarlik qilib eski chipta bilan zalga kirmoqchi bo'lganida, uni zaldan sudrab olib chiqishib, politsiyaga olib borib topshirishdi. Hibsga olish paytida u son va tizzasidan jarohat olgan.
Viola Desmond tunni kamerada o'tkazdi va ertasi kuni ertalab provinsiyadagi ko'ngilochar tadbirlarga kirish solig'ini to'lashdan bo'yin tovlashga uringanlikda ayblanib, sudya huzuriga sud qilingani olib chiqildi (Rouzlenddagi balkonga va zaldagi o'rindiq uchun chipta solig'i bir sentga farq qilgan). Garchi
Viola Desmond narx farqini joyida to'lashga tayyorligini ta'kidlagan bo'lsa-da, sud (teatr menejeri Henry McNeil tomonidan ayblangan) uni 26 dollar jarima to'lashga majbur qildi. Sud majlisida
Viola Desmond ga advokat tayinlanmagan va ogohlantirilmagan ham. Unga hatto bunga haqqi borligi haqida ham xabar berilmagan.
Nyu-Glazgodagi sud majlisi davomida
Viola Desmond ning irqiy kamsitilishi tilga olinmagan. Biroq, u o'zining haqiqiy "jinoyati" oq tomoshabinlar uchun ajratilgan o'rindiqni egallashga urinayotgani ekanligini aniq ko'rdi. Keyinchalik Toronto Daily Star gazetasiga bergan intervyusida Henry McNeil qora tanlilar uchun zaldagi o'rindiqlarga chipta sotishga rasman taqiq yoʻqligini, ammo qora tanlilarning faqat balkonda oʻrin egallashi “kelishilganligi”ligini ta’kidladi. Violaning turmush o'rtog'i, biznesmen
Jack Desmond ko'p marta shunga o'xshash norasmiy kamsitishlarga duch kelgan. Unga bu ishidan voz kechishni maslahat bergan. Biroq, o'zining doimiy mijozlaridan birining maslahatiga ko'ra,
Viola Desmond Yangi Shotlandiya Rangli Rivojlanish Assotsiatsiyasiga shikoyat qilishga qaror qildi (inglizcha: Nova Scotia Association for the Advancement of Coloured People, NSAACP).
Clarion gazetasi asoschisi va irqiy tenglik faoli, besh yil oldin huddi shu kinoteatrda huddi shunday vaziyatga tushib qolgan va keyin uning egasiga qarshi fuqarolik da'vosida yutqazgan Curry Best
Viola Desmondning himoyasida faol qatnashdi.
NAACP faollari Desmondning sud jarayoni uchun pul yig'ishdi va u advokatga murojaat qildi. Ular oq tanli huquqshunos
Frederik Bissett edi. U norasmiy xarakterga ega bo'lgan irqiy siyosatni isbotlash juda qiyin bo'lishiga ishongan holda, dastlab o'z mijozining fuqarolik huquqlarini himoya qilish (ham asosiy inson huquqlari, ham birinchi instansiya sudidagi huquqiy himoya huquqi) emas, balki kinoteatrga qarshi kompensatsiya uchun fuqarolik da'vosi sifatida "Roseland " va uning menejeriga "jismoniy zo'ravonlik, qo'pol munosabat va noqonuniy qamoq" ayblari bilan qarshi davo ochgan. Ushbu da'vo sudga yetib bormadi va natijada 1947-yil yanvar oyida sudga faqat jinoyat sudida sudlanganlik to'g'risida shikoyat kelib tushdi. Ushbu apelyatsiya
Nova Scotia Oliy sudi a'zosi Maynard Braun Archibald tomonidan ko'rib chiqilgan bo'lib, u oxir-oqibat rasmiy sabablarga ko'ra rad etgan - okrug sudida apelyatsiya kirgazish muddati tugagan sababi bilan. Keyinchalik apelyatsiya Nova Scotia Oliy sudining to'liq tarkibi tomonidan ko'rib chiqilgan, ammo protsessual qoidabuzarliklar tufayli rad etilgan[3].
Shu bilan birga, sudning kengaytirilgan tarkib a'zosi
William Lorimer Hall o'zining huquqiy xulosasini quyidagicha qayd etdi:
Teatr menejeri sudga shikoyat qilishi shubhali bo'lib qolmoqda, chunki Nova Scotia provinsiyasiga bir sent soliq berishga urinish bo'lgan va bu harakatga ko'z yumilgan ("Jim Crow Law")[2], bu esa jamoat organining funksiyalarini suiiste'mol qilishdir Keyingi davr
Desmondning sud jarayoni, jamoatchilik bilan birga, viloyatning ba'zi ko'zga ko'rinarli oq tanli aholisining tanqidiga sabab bo'ldi.
Viola Desmond irqiy nafrat qo'zg'atuvchisi deb atalgan va uning harakatlari qora tanlilar uchun teng huquqlilik uchun kurash bilan hech qanday aloqasi yo'qligiga ishora qilingan. Apelyatsiya rad etilgandan so'ng, advokat
Bissett o'z mijozidan to'lov olishdan bosh tortdi va shu vaqtgacha yig'ilgan mablag'larni NSAACP tomonidan irqiy segregatsiyaga qarshi kurashni davom ettirilishi uchun ishlatilgan. Keyinchalik
Viola Desmond ning nikohi buzildi ("Kanada Ensiklopediyasi"da uning da'vosi haqida yozilgan), u Yangi Shotlandiyadagi biznesini yopdi va Monrealga ko'chib o'tdi. U 1965-yilda Nyu-Yorkda, Yangi Shotlandiyadada irqiy boʻlinish taqiqlanganidan 11 yil oʻtib vafot etgan.
Xotirasi
Viola Desmond ning hikoyasi bir necha o'n yillardan keyin, birinchi navbatda, uning singlisi Vanda Robsonning sa'y-harakatlari tufayli qayta ko'tarildi. 2010-yilda Robsonning
"Jasorat opasi" kitobi nashr etildi (inglizcha: Sister to Courage). O'sha yilning aprel oyida,
Viola Desmond o'limidan so'ng Yangi Shotlandiya leytenant gubernatori Myann Frensis tomonidan Galifaksda o'tkazilgan maxsus o'tkazilgan sud jarayonida oqlandi, ushbu marosimda provinsiya bosh vaziri Darrell Dekster ham rasmiy ravishda
Viola Desmondga chiqarilgan hukm uchun uzr so'radi
2010-yilda Yangi Shotlandiyadagi Keyp Breton universitetida ijtimoiy adolat bo'yicha
Viola Desmond kafedrasi tashkil etildi. 2012-yilda Canada Post uning portreti tushirilgan shtampni chiqardi. 2016-yil dekabr oyida shu paytgacha "Kanadalik Roza Parks " nomi bilan mashhur bo'lgan Desmond portreti (garchi uning jarayoni AQShdagi Roza Parks aksiyasidan to'qqiz yil oldingi bo'lsa ham) kanadalik ayolning birinchi portreti deb e'lon qilindi. Mahalliy banknotlarda, birinchi bosh vazir - Kanada vaziri Jon A. MakDonaldning 10 dollarlik banknotdagi suratini o'rniga
Viola Desmondning surati qo'yildi. Banknotga kanadalik ayolning portretini kiritish qarori oʻsha yilning mart oyida qabul qilingan va
Viola Desmond banknotaga surat quyishda o'tkazilgan so'rovnomadamoxavk yozuvchisi Paulin Jonson, samolyot muhandisi Elsi MakGill, yengil atletikachi Bobbi Rozenfeld va sufragist jurnalist Idola Sent kabi nomzodlarni ortda qoldirdi. Desmond portreti tushirilgan banknotlarning bosib chiqarilishi 2018-yilga mo'ljallangandi. Ammo 2017-yilda Kanadaning 150 yilligi munosabati bilan o'tmishning to'rtta muhim shaxsi, shu jumladan Kanadaning birinchi ayol parlament a'zosi bo'lgan Agnes Makfeyl portretlari tushirilgan 10 dollarlik banknot chiqariladigan bo'ldi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org