Vintli konveyer




Vintli konveyer (shnek) - sochiluvchan yuklarni (mas., donni) gorizontal va qiya tekislikda yaqin masofaga uzluksiz tashiydigan qurilma. Ish organinovda joylashgan vint. Harakatlantirish mexanizmi yordamida vint aylanganda yuk nov boʻylab siljiydi. Vintli konveyer qurilishda (sement va boshqalar), elektr st-yalarida (koʻmir kukuni va boshqalar), kimyo sanoati va boshqa tarmoqlarda changiydigan, zaharli va boshqa materiallarni tashishda ishlatiladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz