Vinola Jakomo da




VINOLA (Vignola, asli fam. Barotssi, Barozzi) Jakomo da (1507.1.10, Vinola, Emiliya-Romanya — 1573. 7. 7, Rim) — italyan meʼmori. Soʻnggi Uygʻonish davri vakili, yirik nazariyotchi. Saroylar (Kapraroldagi Farneze saroyi, 1558—73), villalar (Rimdagi papa Yuliya III villasi, 1550—55), cherkovlar (Rimdagi Il Jezu cherkovi, 1568—84) qurilishida Uygʻonish davri meʼmorligi prinsiplarini barokko va klassitsizm elementlari bilan uygʻunlashtirgan holda yangi meʼmoriy qismlar yaratishga intilgan. Mikelanjelo vafotidan soʻng (1564) Rimdagi avliyo Petr sobori qurilishiga rahbarlik qilgan. "Meʼmorlikning besh order qoidalari" nomli mumtoz traktat muallifi (1562). V. ijodi meʼmorlikda barokko uslubini shakllanishida muhim rol oʻynagan.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz