Vinnipeg




Vinnipeg , Uinnipeg (indeyslarning kri qabilasi tilida — loyqa suv) — Kanadaning jan.dagi oqar koʻl. Dengiz sathidan 217 m balandlikda joylashgan. Mayd. 24,3 ming km. Chuq. 28 m gacha. Uz. 442 km, eni 100 km. So-hillari past va botqrklik. V.ga Saskachevan, Red-River va b. bir necha daryolar quyiladi, undan Nelson daryosi oqib chiqadi. Noyab.dan aprelgacha muzlaydi. V. qad. Agassis koʻlining qoldigʻi. Koʻlda kema qatnaydi, baliq ovlanadi. V. sohilida provinsial Uaytshell parki (ornitologik buyurtma qoʻriqxonasi b-n) bor.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz