Vinegret ziravori
Vinegret ziravori, fransuzcha ziravor, vinegret sousi (fransuzcha: vinaigrette, sauce vinaigrette, fransuzcha: vinaigre — „sirka“) — asosiy tarkibiy qismlari sirka va oʻsimlik moyi boʻlgan salat ziravori. Ularning klassik nisbati 1:3 ni tashkil qiladi. Retseptga qarab, qoʻshimcha ingredientlar, masalan, koʻkatlar qoʻshiladi. Vinegret ziravori koʻpincha boshli salat barglari, qaynatilgan va qovurilgan baliq bilan tortiladi. Sirka va oʻsimlik moyi aralashmasidan ziravor, hatto qadimgi misrliklar orasida mashxur boʻlgan deb hisoblanadi.
XIX-asrda „fransuzcha ziravor“ „vinegret ziravori“ bilan sinonim edi, ammo XX-asrning boshidan boshlab, Amerika retseptlariga koʻra, „Fransuzcha ziravor“ga Vustershir sousi, piyoz suvi, ketchup, shakar va tabasko sousi qoʻshila boshladi.
Fransuzcha ziravorni tayyorlash uchun shisha idishda tuz va qalampir sharob sirkasi bilan (ixtiyoriy ravishda limon yoki laym sharbati) eritiladi, soʻngra oʻsimlik moyining uch qismi qoʻshiladi va emulsiya hosil boʻlmaguncha koʻpirtiriladi. Kuchli xushboʻy hidli moydan foydalanganda, shunday kuchli hidli sirka ishlatmaslik kerak. Soʻngida koʻkatlardan maydanoz, yashil piyoz, chervil, sherolgʻin yoki arpabodiyon, shuningdek kapers, mayda toʻgʻralgan boshpiyoz yoki shalot piyoz va shakar qoʻshiladi. Emulsiya xantal yoki qattiq qaynatilgan tuxum sarigʻi qoʻshilishi bilan stabillashadi. Sous yarim soat davomida dam yediriladi. Tayyor boʻlgan sousni muddatli saqlash mumkin emas.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org