Vinchester
Vinchester (ing. Hard Disk — qattiq disk) — kompyuterdagi barcha dastur va maʼlumotlar saqlanadigan xotira qurilmasi.
Qattiq magnit disk lardagi yigʻuvchilar
Vinchester nomi ostidagi qattiq magnit disklardagi yigʻuvchilar (QMDY) SHKlarda keng tarqalgan. Vinchester atamasi sigʻimi 16 Mbayt (IBM, 1973-yil) boʻlgan qattiq disk birinchi modelining jargoni nomidan kelib chiqqan boʻlib, u har biri 30 ta sektordan iborat 30 ta yoʻlkaga egadir. Bu maʼlum boʻlgan “Vinchester” ov miltigʻini “30/30” kalibri bilan aynan mos keladi. Bu yigʻuvchilarda bitta yoki bir nechta qattiq disklar boʻlib, ular
alyuminiy yoki
kremniy qorishmasidan tayyorlangan va ferrilok bilan qoplangan, germetik yopiq korpusga oʻqish-yozish magnit kallagi bloki joylashtirilgandir. Bu yigʻuvchilarning sigʻimi olinmaydigan konstruksiya hisobiga erishiladigan oʻta yuqori yozish zichligi tufayli bir necha ming megabaytgacha yetadi; ular tezkoriligi ham EMDY ga nisbatan juda yuqoridir. 1997-yildagi eng katta qiymatlar: sigʻimi 9000 Mbayt (1997-yilga sigʻim standarti — 1200 Mbayt); aylanish tezligi — 8000 ayl/min; murojaat qilish vaqti — 5 ms; transferi — 17 bayt/s. QMDY juda rang — barangdir. Disk diametri koʻpincha 3,5” (89 mm), lekin boshqalari ham bordir, xususan 5,25” (133 mm) va 1,8” (45 mm) ham bor. Diskovodning eng koʻp tarqalgan korpusining balandligi stol usti SHK larda- 25 mm, mashina — serverlarda — 41 mm, ixcham SHK larda −12 mm va b. Zamonaviy vinchesterlarda zonali yozish usuli ishlatila boshlandi. Bu holatda diskning butun yuzasi bir nechta zonalarga boʻlinadi, shu bilan birga sektorlarning tashqi zonalariga ichkisiga nisbatan koʻproq qiymatlar joylashadi. Bu, xususan, qattiq disklarning sigʻimini taxminan 30% oshirish imkonini beradi.
Oʻz tarkibiga yoʻlkalarni va sektorlarni olgan disk strukturasini magnit tashuvchida tasvirlash uchun unda fizik, yoki past darajali formatlash deb ataladigan jarayon bajarilishi kerak (physical, yoki 1ow-1evel formatting) Bu jarayonni bajarish paytida nazoratchi tashuvchiga xizmatchi maʼlumotni yozadi, u sektorda disk silindrlarini belgilashni aniqlaydi va ularni nomerlaydi. Past darajali formatlash diskni ishlatish jarayonida buzuq sektorlarga murojaat qilishni inkor qilish uchun ularni markirovka qilib ham chiqadi. Maksimal sigʻim va qiymatlarni uzatish tezligi yigʻuvchi ishlaydigan interfeysga bogʻliqdir (diskli interfeyslar oldingi paragrafda koʻrib chiqilgan). Standart aylanish tezligi, masalan, EIDE interfeysi uchun — 3600, 4500 va 5400 ayl/min. Protsessorning disklar bilan maʼlumotlar almashish tezligini oshirish uchun QMDY ni keshlash kerak, disklar uchun kesh xotira asosiy xotira uchun keshning funktsional vazifasi kabi vazifaga egadir, yaʼni diskka yozilayotgan yoki undan oʻqilayotgan maʼlumotlarni qisqa vaqt saqlash uchun tez harakatlanadigan xotira buferi boʻlib xizmat qiladi. Kesh-xotira diskovodga nisbatan sozlangan boʻlishi mumkin, tezkor xotirada dasturi yoʻl bilan yaratilishi ham mumkin (masalan, Microsoft Samartdrive drayveri bilan). Protsessorning disk kesh xotirasi bilan maʼlumotlarni almashish tezligi 100 Mbayt/s ga yetishi mumkin. SHKda odatda bitta, kam hollarda bir nechta qattiq magnit disklardagi yigʻuvchilar boʻladi. Lekin MS DOS da dastur vositalari bilan bitta fizik disk bir nechta “mantiqiy” disklarga boʻlinishi mumkin; shu bilan birga bitta yigʻuvchida bir nechta QMD imitatsiya qilinadi. Olinadigan vinchesterlar ham ishlatiladi — ularning sigʻimi odatda 1 Gbaytdan oshmaydi. Yaqin kunda SAMSUNG kompaniyasi toʻrt liniyali qattiq disklarni ishlab chiqarmoqda. Spin Point TP80, Spin Point PL 40, Spin Point V80 va Spin Point VL40. P80 va VL 40 seriyasi platin aylanish tezligi 7200 ob/min, V80 va VL40seriyasidagi disklar aylanishi 5400 ob/min. Pl40 va VL40 seriyali disklar past profelli, ularning konstruksiyasida bitta disk va bitta kallak ishlatiladi. Har xil xarakteristikali texnika va katta sigʻimli xotiraga saqlashi, koʻplab foydalanuvchilarni qondiradi. Hamma modellarda 80Gbaytli keng yozuvchi plastina qoʻllaniladi. Gidro dinamikli podshivkasi, NotseGuard va SillentDeek shovqin beruvchi firma texnologiyasi, shuningdek SSB va Impact Guord zarbalardan saqlash texnologiyasi. SP 1604N disk asosiy texnik xarakteristikalari 1 jadvalda keltirilgan. JADVAL Konstruktorlarga, disk ishini past- shovqin darajasi 27db dan oshmasligiga erishildi. Bunda kutish rejimida 27db va 1 qidirish rejimida 28 dbga erishildi. Testlar uchun firm Warc ning TM100-23 versiyasidagi disk berilgan. Yangi vinchesterning imkoniyatlarini tekshirish uchun SHK tarkibiga quyidagi konfiguratsiya testlar oʻtkazildi: Intel Pentium 1700 (400Mgs) professori; Asosiy platasi Albatron RX45
Qattiq jismli xotira qurilmalari tomonidan raqobat
Qattiq jismli xotira qurilmalari (SSD) o‘zining yuqori tezligi (M.2 (NGFF) NVMe turidagi qattiq jismli xotira qurilmalari uchun soniyasiga 7 gigabayt yoxud PCIe kengaytirma kartali xotira qurilmalari uchun soniyasiga 2,5 gigabayt), ishonchliligi va kamroq quvvat sarfi bilan qattiq disklarni siqib chiqarmoqda.
Qattiq jismli xotira qurilmalarining razryadliligi qattiq disklarga nisbatan turt-to‘qqiz marotaba yuqori. 2016 yil holatiga xabar berilishicha, qattiq disklarning ishdan chiqish darajasi yiliga 2-9%ni tashkil qiladi, qattiq jismli xotira qurilmalarida esa yiliga 1-3%ni tashkil qiladi. Biroq, qattiq jismli xotira qurilmalaridagi ma’lumotlardagi tuzatib bo‘lmas xatoliklar qattiq disklarga nisbatan ko‘proq uchraydi.
Qattiq jismli xotira qurilmalari eng katta qattiq disklarga nisbatan kattaroq hajmda xotira va/yoki yanada yuqoriroq saqlash zichligini taqdim qilmoqda (100 TB va 30 TB hajmli qattiq jismli xotira qurilmalari 2,5 dyuymli qattiq diskning korpuslariga joylashadi, lekin uning balandligi 3,5 dyuymli qattiq disklarnikidek bo‘ladi), biroq ularning narxi balandligicha qolmoqda.
Manbalar
uz.wikipedia.org