Vincent Candela




Vincent Filipp Antuan Candela (talaffuzi: Vinsent Flipp Antuan Kandela) (1973-yil 24-oktabrda tugʻilgan) — fransiyalik sobiq professional futbolchi. Fransiya terma jamoasi bilan Candela 1998-yilgi FIFA Jahon kubogi va UEFA Yevro 2000 musobaqalarida gʻolib chiqgan.

Yoshlik yillari



Candela Bédarieux, Herault shahrida tugʻilgan.

Klubdagi faoliyati



Klub darajasida Candela Fransiyada Tuluza (1992—1995) va Guingamp (1995—1997) jamoalarida futbol oʻynagan, keyin Italiyaning „Roma“ jamoasiga (1997—2005) oʻtgan. U 2001-yilda „Roma“ bilan bitta skudetto, shuningdek, Italiya Superkubogini qoʻlga kiritgan. Bundan tashqari klubga 2003-yilda Italiya kubogi finalida gʻolib chiqishga yordam bergan. Keyinchalik u Angliyaning „Bolton Wanderers“ jamoasiga (2005) qoʻshilgan. Oradan biroz vaqt oʻtgach Candela Italiyaga qaytib, „Udineze“ (2005—2006) va Siena (2006—2007) klublarida oʻynagan, shuningdek, Messina (2007) bilan ijara shartnomasi imzolagan. 2007-yil 28-yanvarda u Messina uchun A Seriyadagi soʻnggi oʻyinini Askoli jamosiga qarshi oʻtkazgan.

Xalqaro faoliyati



Fransiya terma jamoasida Candela 1996-2003 yillarda 40 marta maydonga tushib, 5 ta gol urgan. Uning maydonga tushish soni Bixente Lizarazu tomonidan cheklangan, ammo u Fransiyaning 1998-yilgi FIFA Jahon chempionatida oʻz maydonida gʻalaba qozonganida bitta oʻyinda maydonga tushgan. Fransiya gʻalaba qozongan Yevro-2000 musobaqasi davomida Candela ikkita oʻyin oʻtkazgan, ikkalasida ham asosiy tarkibda maydonga tushgan. 1996-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida va 2002-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionatida Fransiya terma jamoasi safida maydonga tushgan. 

Xalqaro maydondagi gollari




Yutuqlari



Guingamp

Roma

Fransiya

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz