Vin siljish qonuni
Vin siljish qonuni — Muvozanatli issiqlik nurlanishi energiyasining to‘lqin
uzunliklar bo‘yicha taqsimlanishini nemis fizigi V.Vin 1893-yilda
nazariy jihatdan oTgandi. Vin o‘z izlanishlari natijalari asosida
quyidagi xulosaga keldi: absolut qora jism issiqlik nurlanishi energiyasining to ‘lqin uzunliklar bo‘yicha taqsimlanishi zichligida
maksimum mavjud bo‘lib, bu maksimum
λ
m
a
x
{\displaystyle \lambda _{max}}
to‘lqin uzunligiga
to‘g‘ri keladi va quyidagi munosabat orqali aniqlanadi:
λ
m
a
x
⋅
T
=
b
{\displaystyle \lambda _{max}\cdot T=b}
bu formulada
λ
m
a
x
{\displaystyle \lambda _{max}}
— absolyut qora jism nurlanishi energiyasining maksimumidagi toʻlqin uzunligidir, T — temperaturasi, b — oʻzgarmas kattalik boʻlib, Vin doimiysi deyiladi: b=2.9·10 m·K
Formuladan ko‘rinadiki, qora jismning temperaturasi — T
qancha yuqori boʻlsa,
λ
m
a
x
{\displaystyle \lambda _{max}}
shuncha kichikroq qiymatga ega boʻladi.
Vin qonuni siljish qonuni ham deyiladi va bu qonun tajribalarda
tasdiqlangan. Vin qonunini yana quyidagicha taʼriflash mumkin:
absolut qora jism nurlanish spektrida maksimal energiyaga to ‘g‘ri
keladigan to‘lqin uzunligi absolut temperaturaga teskari proporsionaldir.
Vin qonuni asosida qizigan jismlaming (metallar, erituvchi pechlar, atom portlashidan hosil boMadigan bulutlar va boshq.) spektriga
qarab ulaming temperaturasini aniqlashning optik pirometriya usuli
ishlab chiqilgan. Shu usuldan foydalanib birinchi marta Quyosh
sirti temperaturasi o‘lchangan. Yer sirtiga keladigan Quyosh nurlari
energiyasining maksimumi to‘lqin uzunligi
λ
m
a
x
{\displaystyle \lambda _{max}}
=0,47 mkm boʻlgan
koʻzga koʻrinadigan sohaga to‘g‘ri keladi. Vin qonuniga asosan
Quyosh sirtining absolyut temperaturasi ~6160 K ga teng.
Manbalar
uz.wikipedia.org