Vima Takto
Vima Takto yoki
Vima Taktu (baqtriya tilida: Οοημο Τακτοο, Oēmo Taktoo; Kharoshthi: 𐨬𐨅𐨨 𐨟𐨑𐨆 Ve-ma Ta-kho, Vema Takho) 80-90-yillarda hukmronlik qilgan Kushon imperatori.
Hukmronligi
Vima Takto qadimdan „ismsiz qirol“ nomi bilan tanilgan, chunki uning tangalarida faqat „Qirollar qiroli, Buyuk Najotkor“ soʻzlari aks etgan. Toki Rabatak yozuvi topilgunga qadar uning nomi tangalardagi unvon bilan bogʻlangan.
Vima Takto imperiyasi shimoli-gʻarbiy Hindiston va Baqtriyani (Xitoy bilan chegara hududlarni) qamrab olgan boʻlib, uning chegarasi Tarim havzasigacha choʻzilgan. Uning hukmronligi davrida Sharqiy Xan imperator saroyiga kushon elchilari ham yuborilgan.
Genealogiya
Vima Takto haqida Xitoy tarixiy yilnomasi „Xou Xanshu“da manbalar uchraydi. Yilnomada u otasi Kujula Kadfiz bilan birga tilga olinadi:
"Qiujiuque (丘就卻) Kujula Kadfiz vafot etganida sakson yoshdan oshgan edi. Uning oʻgʻli Yangaozhen (xitoycha: língyīng) ehtimol, Vema Tahk(tu) yoki, uning ukasi Sadaṣkaṇa shoh boʻldi. U Tyanchju [Shimoliy-Gʻarbiy Hindiston] ustidan gʻalaba qozondi va uni nazorat qilish, boshqarish uchun generallarni yuboradi. Yuechjilar nihoyatda boyib ketishdi. Ular oʻz podshohlarini Kushon shohi deb ataydilar, xanliklar esa ularni Guishuang deb ataydilar. Ularning asl ismi Da Yueji.
Vima Taktoning boshqa Kushon hukmdorlari bilan aloqasi Kanishka tomonidan yozilgan Rabatak yozuvida tasvirlangan. Kanishka oʻz davriga qadar hukmronlik qilgan shohlar roʻyxatini tuzadi: Kujula Kadfiz — uning bobosi, Vima Takto — bobosi, Vima Kadfiz — otasi va oʻzi — Kanishka.
Keyinchalik Matdagi Vima ziyoratgohida topilgan yozuvda u Huvishkaning bobosi ekanligi ham qayd etilgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Tashqi havolalar
uz.wikipedia.org