Vilyuy




Vilyuy (saxa.: Бүлүү) — Sharqiy Sibirning gʻarbidagi daryo, Lenaning chap irmogʻi. Oʻrta Sibir yassitogʻligidan boshlanib Yakutsk sh.dan 300 km oʻtgach, Lena daryosiga quyiladi. Uzunligi 2650 km, havzasining mayd. 454 ming km. Yuqori va quyi oqimlari keng vodiydan osoyishta oqadi. V. qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 1480 m3/sek. Okt. ning oʻrtalaridan mayning oʻrtalarigacha muzlab yotadi. V.da quyilish yeridan 1371 km masofada kema qatnaydi. Chernishevskiy posyolkasida GES va suv ombori qurilgan.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz