Vilshtetter Rihard Martin
Richard Willstätter (talaffuzi: Richard Uillstaetter) (1872.13.8, Karlsrue — 1942.3.8, Lokarno, Shveysariya) — nemis kimyogari va biokimyogari. Syurix oliy texnika maktabi (1905—12), Berlindagi kayzer Vilgelm kimyo instituti (1912-15), Myunxen universiteti (1916-25) professor Asosiy ishlari tropin, atropin, kokain alkaloidlari, qon pigmentlari va xlorofillning kimyoviy tuzilishini oʻrganishga bagʻishlangan. Vanilin boʻyoqlari va oʻsimlik pigmentlari (antotsianlar va flavonlar)ni tekshirgan. Fermentlar kimyosiga katta hissa qoʻshgan, katalitik gidrogenizatsiya, fotosintez va sellyulozaning parchalanish jarayonlarini oʻrganish borasida tadqiqotlar oʻtkazgan. Nobel mukofoti laureati (1915)
Manbalar
uz.wikipedia.org