Viloyat Oqilova




Viloyat Isаxarovna Oqilova (Viktoriya Akilova nomi bilan ham elga mashhur) (1937-yil 12-oktabr — 2022-yil 2-fevral Toshkent) — sovet va oʻzbek artisti, raqqosa, baletmeyster, xoreografchi. Oʻzbekiston SSR xalq artisti (1989).

Tarjimai hol



1937-yil 12-oktabrda Toshkent shahrida tugʻilgan.

Bolaligidanoq ota-onasidan oʻrnak olib, u oʻzbek milliy raqslarga qiziqa boshladi.

1958-yilda Toshkent xoreografiya bilim yurtini tamomlagan.

1958-yildan Oʻzbekiston SSR Davlat filarmoniyasi “Katta ashula va raqs” ansamblida (1969-yildan “Shodlik” ansambli)da yakkaxon baletchi sifatida faoliyat olib borgan.

Toshkent pedagogika institutining rus tili va adabiyoti fakultetini (boshqa maʼlumotlarga koʻra, Toshkent davlat universitetining filologiya fakulteti)sirtdan tamomlagan.

1977-yilda Viloyat Oqilova Moskvadagi I.Moiseyev nomidagi Davlat akademiyasi Xalq raqsi ansanmbli negizida oliy baletmeyster kurslarida qayta tayyorgarlik koʻradi. Mazkur ansambl yordamida “Besh qarsak” raqsini ijro etadi.

1987-1988-yillarda Afgʻonistonga ijodiy xizmat safari uyushtirib, Qobul teatrida “Nargis” va “Shukufa” ansamblini tashkil etdi.

1989-yili Oʻzbekiston SSR Davlat filarmoniyasi qoshida “Zarafshon” Buxoro raqs ansambliga asos soldi. Ushbu ansamblni u 1994-yilgacha boshqardi. Raqqosa ketgach, ansambl ham tarqatib yuborildi.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, AQSHda Viloyatga raqqosalik boʻyicha saboq berish taklifi tushdi. 2004-yil Los-Anjelesda raqqosa oʻzining shogirdlari bilan hamkorlikda “Buyuk ipak yoʻli” konsert dasturini taqdim etdi va oʻzi sahnada raqsga tushdi.

2002-yili “Shalom Toshkent” ansanblini tuzib va 2021-yilgacha mazkur ansamblni boshqarib, 2021-yil oktabr oyigacha raqs namoyish etdi.

Xalqaro markazga asos solgandan keyin u bosh baletmeyster boʻldi.

2014-yildan boshlab u Respublika milliy yahudiy madaniyat markazi boshqaruvi aʼzosi boʻlgan.

Viloyat Oqilova Toshkentda 2022-yil 2-fevralda vafot etdi.

Oilasi



Oqilovlar sulolasi — 20-asrda Oʻzbekiston raqs sanʼatiga ulkan hissa qoʻshgan sanʼatkorlardan sanaladi.

Ijodiy faoliyati



Viloyat Oqilovaning butun Sovet Ittifoqidagi xalq raqslari (“Zang”, “Larzon”, “Shodlik”, “Xorazm lazgisi”, “Pomir raqsi”, “Dilrabo” va boshqa bir qancha) tomoshabinlar qalbida bir umr muhrlanib qoldi.

Raqqosa ijodi lirik joʻshqinligi, nafis, ravon ijrosi, oyoq, qoʻl, bosh va tana harakatlarining umumiy ohangga boʻysunishi, shoʻxchanligi, plastik ifodaviylikning kuchliligi bilan ajralib turadi.

Baletmeyster sifatida “Chorzarb”, “Sa-mandariy”, “Buxoro toʻlqini”, “Tanavor 2”, “Afgʻoncha”, “Tojikcha”, “Surnay lazgisi” kabi raqslarni sahnalashtirgan.

Uning shogirdlari orasida Oʻzbekiston xalq artistlari Rushana Sultonova, Saida Mansurxoʻjayeva, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar Humora Ixtiyerova, Nargiza Alimova, Roza Abdulxayirova, Feruza Solihova, Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan artist Elmira Nabayeva bor edi..

1998-yil mart oyi boshida Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan “Eng namunali kelin” viloyat koʻrik-tanlovi finalida hakamlar hayʼati aʼzosi boʻlgan.

2016-yil 15-17-iyul kunlari Xiva shahrida boʻlib oʻtgan “Raqs sehri” xalqaro raqs festivalida ishtirok etadi..

22019-yil 27-sentabr Toshkentda boʻlib oʻtgan Mukarram Turgʻunboyeva nomidagi Respublika milliy raqs tanlovining saralash bosqichida hakamlar hayʼati aʼzosi boʻlgan.

Teatr tomoshalari




Filmografiyasi




Mukofot, uvon va sovrinlari




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz