Vilnyus ittifoqi
Vilniyus Ittifoqi — 1561-yil 28-noyabrda tuzilgan shartnoma. Vilnada Litva Buyuk Gertsogi va Polsha qiroli Sigismund II va Livoniyadagi Tevton ordeni landmasteri Gotxard Ketler oʻrtasida tuzilgan birlashma. U bilan Livoniya konfederatsiyasi parchalandi va uning bir qismi Polsha hukmronligiga oʻtdi.
Ushbu hujjatga muvofiq, Livoniya ordeni yerlarining bir qismida dunyoviy davlat tuzildi. Gotxard Ketler gertsog sifatida rahbarlik qilgan davlat Kurlandiya va Semigal gersogligi deb ataldi. U oʻzini Buyuk Litva Gertsogligining vassali deb tan oldi. Hududning qolgan katta qismi Buyuk Litva Gertsogligi tarkibiga oʻtdi.
Shunday qilib, 1237-yilda tashkil etilgan Livoniya ordeni Vilnyus shartnomasiga koʻra, oʻz faoliyatini tugatdi. XIII-XV asrlarda ushbu orden Buyuk Litva Gertsogligi uchun jiddiy xavf soldi. Ordenning tugatilishi Buyuk Litva knyazligi nufuzini oshirdi.
Tarixiy ahamiyati
1561-yilgacha „Livoniya“ tushunchasi quyidagi hududlarni anglatardi: Livoniya Konfederatsiyasining butun hududidan to Dvina shimolidagi Livoniya viloyati va Kurland gersogligi, shuningdek, Shvetsiya Livoniyasi dominioni hisoblangan Estoniya knyazligiga qadar toraygan hududlar. Ezel oroli esa 1645-yilgacha Daniya hukmronligi ostida edi.
Bu mintaqa bilan tarixan nafaqat Polsha, balki Buyuk Litva Gertsogligi oʻzaro aloqada boʻlgan. Aynan Litva pozitsiyasi Livoniya va Polsha-Litva davlati oʻrtasidagi munosabatlarga eng koʻp taʼsir koʻrsatgan.
Havolalar
Manbalar
uz.wikipedia.org