Villendorf Venerasi




Villendorf venerasi (nemischa: Venus von Willendorf) — Gravett madaniy davriga oid uncha katta boʻlmagan ayol haykali. Avstriyaning Agsbax kommunasidagi Vaxau qoʻrgʻonidagi Villendorf hududi yaqinidagi qadimiy qabrlardan birida arxeolog Joseph Szombati tomonidan 1908-yil avgust oyida topilgan. Galgenberg Venerasi bilan birgalikda Vena tabiiy tarix muzeyidan (Avstriya) joy olgan.

Tavsifi



11 sm oʻlchamdagi haykalcha bu hududda uchramaydigan oolit davri ohaktoshidan oʻyib yasalgan va qizil oxra bilan boʻyalgan. Bu oʻsha davr qadimgi xalqlarining harakatlarini koʻrsatishi mumkin. 2015-yilgi maʼlumotlarga koʻra, haykalcha 29 ming 500 yoshda. Ushbu haykalcha yasalgan joyi, tayyorlash usuli va madaniy maqsadi haqida deyarli hech narsa maʼlum emas.

Ayol shakli realistik uslubda yasalgan. Uning koʻkragi, qorni va sonlari katta va yumaloq. Aniq oʻyilgan chiziqlar kindik, jinsiy aʼzolar va koʻkrakka qorishib turgan qoʻllarni aks ettiradi. Uning bosh qismida sochlar yoki bosh kiyim aniq koʻrinadi; yuzga oid chizgilar umuman koʻrinmaydi.

Ayrim ekspertlar haykalni hind-yevropa davrigacha boʻlgan Yevropadagi unumdorlik xtonik maʼbudasi sanalgan Ona Yer bilan birlashtiradi. 2005-yilda haykalchaning narxi 60 million dollarga baholangan.

Madaniyatda




2008-yil avgust oyida haykal topilganligining 100 yilligi munosabati bilan Avstriya pochtasi gologrammali maxsus pochta toplamini chiqardi. Markalar toʻplamidagi Villendorf Venerasining tasviri 80 ta alohida tasvirdan iborat boʻlib, 3d effekt yaratadi.

„O‘n uchinchi jangchi“ badiiy filmida Villendorflik Veneradan ona ajdod — „Vandallarning onasi“ obrazini yaratishda namuna sifatida foydalanilgan. Kartina Maykl Kriktonning romani asosida suratga olingan. Filmda haykalcha metalldan yasalgan va boshi yoʻq tarzida aks etadi.

Manbalar




Havolalar



 

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz