Villa
Villa (lot. villa — qoʻrgʻoncha, yermulk) — shahar tashqarisidagi katta bogʻli hovli-joy. Dastlab Italiya (mil. av. 3-a)da barpo etilgan. V.ning villa rustica — turar joy va xoʻjalik qurilishlaridan iborat boʻlgan meʼmoriy majmua, villa urbana — dam olish va koʻngil ochar maskan, shuningdek atrofi bog bilan oʻralgan koʻshk, haykal va favvorali yirik turlari keng tarqalgan. 19-asrda V.lar katta shahar va shahar atrofida, shuningdek xushmanzara joylar, mahalliy dam olish maskanlarida imtiyozli ravishda qurilgan bogʻli, shinam xususiy uylardan iborat boʻlgan. 20-asrdan — alohida qurilgan kam (1, 2, 3) qavatli shinam uy binosi.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org