Vilhelm Thomsen
Tomsen Vilgelm Lyudvig (dancha: Vilhelm Ludwig Peter Thomsen; 1842.25.1 Kopengagen 1927. 12.3) — daniyalik tilshunos, tarixchi.
Kopengagen universiteti professor (1887— 1913). Daniya Qirolligi ilmiy jamiyati prezidenta (1909-yildan). Peterburg Fanlar akademiyasining xorijiy muxbir aʼzosi (1894).
Birinchi boʻlib UrxunYenisey yodgorliklarini oʻqigan (1893) va ularning qad. turkiy tillarga oidligini aniqlagan.
Qiyosiytarixiy tilshunoslik, finugor va turkiy tillarni oʻrganishga oid ilmiy asarlar yaratgan. Daniya tili lahjalari lugʻatini va shved tili lugʻatini tuzishda qatnashgan. "19-asr oxirigacha boʻlgan tilshunoslik tarixi" monografiyasi muallifi (1902, 1927; 2nashri, 1938-yilda rus tiliga tarjima kilingan). Bu asarida umuman til haqidagi bilimning taraqqiyoti jarayonini kamrab olishga, uni davrlashtirishga, lingvistik tafakkur rivojidagi asosiy tamoyillarni koʻrsatib berishga erishgan.
Shuningdek, T. "Qutadgʻu bilig" ning Vena kutubxonasida saklanayotgan uygʻur yozuvidagi qoʻlyozmasi asosida asar nomining hozirgi transkripsiyasini taklif etgan. Bu transkripsiya koʻpchilik tomonidan, jumladan Oʻzbekistonda ham kabul qilingan.
uz.wikipedia.org