Vilgelmsxafen
Vilgelmsxafen (Germaniya imperatori Vilgelm I nomi va nem. xafen — gavan, port soʻzidan) — GFR dagi shahar, Quyi Saksoniya yerida. Aholisi qariyb 91 ming kishi. Shim. dengiz sohilidagi, Ems-Yade kanalining quyilish joyidagi port (yuk ortish va tushirish yiliga 20 mln. t chamasida). Mamlakatning chetdan neft qabul qilib oladigan muhim bandargohi (Vesseling sh.ga 360 km ga neft quvuri tortilgan). Mashinasozlik (jumladan hisoblash mashinalari, kemasozlik), rangli metallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo, tikuvchilik, toʻqimachilik, yogʻochsozlik sanoati korxonalari bor. Baliqovlash markazi. Shaharga 1853-yilda harbiy dengiz bazasi sifatida asos solingan.
Wilhelmshaven Germaniyaning Quyi Saksoniya yerida joylashgan shahardir. Maydoni — 106,91 km. 81324 nafar aholi istiqomat qiladi (2010).
Geografiyasi
Hududi
Wilhelmshavenning hududi 10 707[2] kmdir. Dengiz sathidan oʻrtacha 2 m balandlikda joylashgan.
Demografiyasi
Manbalar
uz.wikipedia.org