Vilgelm Diltey




Vilgelm Dilteydir (1833-1911 yy.) .

Tarjimai holi



Diltey pastor oilasida tug'ildi, teologik ma'lumotni Geydelber va Berlin uiversitetlarida oldi. Falsafaga bo'lgan qiziqishining ortishi uni teologiyadan chetlashishiga olib keldi, lekin diniy dunyoqarashi uning asarlarida sezilib turadi. Diltey bir necha universitetlarda professor lavozimida ishlaydi. 1882-yildan esa Berlin universitetida muqim ishlaydi.

Asarlari



„Ruh haqidagi fanga muqaddima“ (1894) „Falsafaning mohiyati“ (1907) nomli Shleyermaxer va yosh Gegel taʼlimotiga bagʻishlangan maxsus asarlar ham uning qalamiga mansub.

Falsafiy taʼlimoti



Shuningdek, Diltey marksizm asoschilarining qarashlaridan ham, o‘sib kelayotgan sotsial-demokratlar harakatidan ham xabardor boʻlib, ularga qatʼiy salbiy munosabatda boʻlgan. Diltey Nitsshening ko‘pgina qarashlarini qoʻllab-quvvatlagan boʻlsada, lekin uning qadriyatlarni butunlay qayta baholash kerakligi haqidagi fikrlariga qo‘shilmaydi, aksincha, qadriyatlarni qayta tiklashning tarafdori edi. Diltey Kant, Gegel falsafiy taʼlimotlari ruhida tarbiyalanadi. uning ijodida mazkur faylasuflarning taʼsiri yaqqol namoyon boʻladi. Diltey o‘zining nazariy vazifasini „tarixiy tafakkur“ni tanqidiy tahlil qilib chiqishda, tarixiy taʼlimotini uslubni yangi talqinini berishda hamda shu asosda tarixiy dunyoqarashning kelajagi va natijalarini ko‘rib chiqishda ko‘radi. Ana shu muammoni yechishda hayot falsafasi tushunchalari apparatidan foydalanadi, „hayot“ falsafasini birmuncha rivojlantiradi. Lekin u Nitsshedan farqli oʻlaroq, ilm-fan ahamiyatini inkor qilmaydi. Aksincha, Diltey inson, jamiyat, tarix, madaniyat haqidagi fanlarni asoslashga harakat qiladi. Uning fikricha, hayot sohasi ruhiyat bilan, ruhiyat faoliyati va ong bilan bogʻliqdir.

Adabiyotlar



Gʻarb falsafasi tarixi. Toshkent 2018

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz