Vildagliptin




Vildagliptin  — qandli diabetni davolash uchun vosita. Peroral qabul qilish uchun qand darajasini pasaytiruvchi preparatlar. Dipeptidilpeptidaza-4 (DPP-4) ingibitorlari. Vildagliptin GLP-1 va GIP ning DPP-4 tomonidan inaktivatsiyasini toʻxtatadi, bu esa oshqozon osti bezidagi Langergans orolchalaridagi beta hujayralaridan insulin sekretsiyasini kuchaytirishga va alfa hujayralari tomonidan glyukagon chiqarilishini kamayishiga imkon beradi.

Vildagliptin 2-toifa qandli diabetda giperglikemiyani kamaytiradi.

Farmakologik xususiyatlari



Farmakodinamikasi



Vildagliptin meʼda osti bezining orolchali hujayralari bilan insulinni sintezi ragʻbatlantiruvchilari sinfi vakili va glikemik nazoratni yaxshilash uchun moʻljallangan DPP-4 kuchli selektiv ingibitori boʻlib hisoblanadi. DPP-4 susayishi natijasida och qoringa va ovqatlangandan keyin glyukagonga oʻxshash peptid-1 ning (GOʻP-1) va glyukozaga bogʻliq insulinotrop polipeptid (GIP) ning endogen inkretin gormonlari darajalari oshib boradi. Vildagliptinni qabul qilish DPP-4 faolligini tezda va toʻliq susayishiga olib keladi. Qandli diabetning 2 tipi boʻlgan pasientlarda vildagliptin DPP-4 fermenti faolligini 24 soat davomida susaytiradi.

Mazkur inkretin gormonlarining endogen darajalarini oshirish yoʻli bilan vildagliptin beta-hujayralarning glyukozaga sezuvchanligini oshiradi, bu insulinning glyukozaga bogʻliq ajralishini kuchayishiga olib keladi. Vildagliptin sutkada 50-100 mg dozada qandli diabetning 2 tipi boʻlgan pasientlarda beta-hujayralar funksiyasi markerlarini sezilarli ravishda yaxshilaydi. Beta-hujayralar funksiyasini yaxshilanishi darajasi buzilishning dastlabki darajasiga bogʻliq; qandli diabet bilan kasallanmagan (glyukoza darajasi normal boʻlgan) shaxslarda vildagliptin insulin ajralishini kuchaytirmaydi va glyukoza darajasini pasaytirmaydi.

Endogen GOʻP-1 darajasini oshirgani holda vildagliptin glyukagonning glyukozaga mos ajralishini yaxshilagan holda alfa-hujayralarning glyukozaga sezuvchanligini oshiradi. Oʻz navbatida, ovqatlanishga javoban glyukagonning inadekvat ajralishini susayishi insulin rezistentligini pasayishiga yordam beradi. Giperglikemiyada inkretin gormonlarining yuqori darajasidan kelib chiqadigan insulin/glyukagon nisbatining yaxshilangan holda oshishi och qoringa va ovqatlangandan soʻng jigarda glyukoza ishlab chiqarilishini pasayishiga olib keladi, shu tufayli glikemiya darajasi pasayishiga erishiladi.

GOʻP-1 darajasini oshishiga xos taʼsirlardan biri boʻlgan meʼdaning boʻshashini ushlanib qolishi vildagliptin bilan davolash vaqtida kuzatilmagan. Bundan tashqari, vildagliptin qoʻllanilganida ovqatlangandan keyin orolchalar funksiyasini yaxshilash boʻyicha vildagliptinning inkretin taʼsiri bilan bogʻliq boʻlmagan lipemiya darajasining pasayishi kuzatilgan.

Farmakokinetikasi



Soʻrilishi
Och qoringa ichga qabul qilinganidan keyin qon plazmasida vildagliptinning Smax ga erishish vaqti 1,75 soatni tashkil etadi. Ovqatlanish bilan bir vaqtda qabul qilinganida preparatning soʻrilish tezligi uncha koʻp boʻlmagan miqdorda pasayadi: Smax ni 19 % ga kamayishi va Tmax ni 2,5 soatga koʻpayishi qayd etiladi. Biroq ovqatlanish soʻrilish darajasiga va AUC qiymatiga taʼsir koʻrsatmaydi.

Taqsimlanishi
Vildagliptinni plazma oqsillari bilan bogʻlanishi past (9,3 %). Preparat plazma va eritrositlar oʻrtasida ekvivalent taqsimlanadi. Vildagliptinni taqsimlanishi taxminan ekstravaskulyar holda yuz beradi, vena ichiga yuborilganidan keyin Vss muvozanat holatida 71 l ni tashkil etadi.

Biotransformasiyasi/metabolizmi
Biotransformasiya vildagliptin chiqarilishining asosiy yoʻli boʻlib hisoblanadi. Odam organizmida preparatning 69 % oʻzgarishga uchraydi. Asosiy metabolit — LAY151 (dozaning 57 %) farmakologik jihatdan nofaol va sianokomponent gidrolizi mahsuloti boʻlib hisoblanadi. Preparat dozasining taxminan 4 % amidli gidrolizga uchraydi.

Eksperimental tadqiqotlarda DPP-4 ni preparat gidroliziga ijobiy taʼsiri qayd etiladi. Vildagliptin R450 sitoxromi izofermentlari ishtirokida metabolizmga uchramaydi. In vitro sharoitdagi tadqiqotlarda vildagliptin R450 sitoxromi izofermentlarini ingibisiya va induksiya qilmasligi namoyon qilingan.

Chiqarilishi
[14C] bilan nishonlangan vildagliptin ichga qabul qilinganidan keyin dozaning taxminan 85 % siydik bilan, 15 % axlat bilan chiqariladi. Peroral qabul qilingan dozaning 23 % buyraklar orqali oʻzgarmagan koʻrinishda chiqariladi. Sogʻlom koʻngillilarga vena ichiga yuborilganida vildagliptinning umumiy plazma va buyrak klirensi muvofiq ravishda soatiga 41 l va soatiga 13 l ni tashkil etadi. Vena ichiga yuborilganidan keyin preparatning oʻrtacha yarim chiqarilishi davri taxminan 2 soatni tashkil etadi. Peroral qabul qilinganidan keyin yarim chiqarilishi davri taxminan 3 soatni tashkil etadi va dozaga bogʻliq boʻlmaydi.

Proporsionalligi
Vildagliptin tez soʻriladi va peroral qabul qilinganida uning mutloq biokiraolishligi 85 % ni tashkil etadi. Dozalarning davolash intervallarida plazmada vildagliptinning eng yuqori konsentrasiyasi va „plazmadagi konsentrasiyasi-vaqt“ egri chiziq ostidagi maydon (AUC) taxminan yuborilgan dozaga proporsional boʻladi.

Qoʻllanilishi



Qandli diabetning 2 tipida:

Qoʻllash usuli va dozalari



Katta yoshdagi pasientlar



Monoterapiyada yoki metformin, tiazolidindion bilan ikki komponentli majmuaviy davolash tarkibida yoki sulfonilmochevina va metformin bilan uch komponentli majmuaviy davolash tarkibida yoki insulin bilan majmuada preparatning tavsiya etiladigan dozasi sutkada 100 mg ni: ertalab 50 mg va kechqurun 50 mg ni tashkil etadi.

Sulfonilmochevina bilan ikki komponentli majmuaviy davolash tarkibida Vildagliptin preparatining tavsiya etiladigan dozasi kuniga bir marta ertalab 50 mg ni tashkil etadi. Pasientlarning ushbu guruhida kuniga 100 mg doza kuniga 50 mg li dozaga qaraganda samaraliroq boʻlmagan.

Sulfonilmochevina bilan birgalikda qoʻllanilganida gipoglikemiya rivojlanishi xavfini kamaytirish uchun sulfonilmochevina dozasini kamaytirish imkoniyatini koʻrib chiqish lozim.

Preparatni 100 mg dan ortiq dozada qoʻllash tavsiya etilmaydi.

Agar pasient preparat dozasini oʻz vaqtida qabul qilmasa, Vildagliptin preparatini pasient buni eslagan zahotiyoq qabul qilish lozim. Bir kunda dozani ikki marta qabul qilmaslik kerak.

Manbalar




Havolalar



„Vildagliptin“. Drug Information Portal. U.S. National Library of Medicine.

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz