Vil Chudnovskiy
Vil Emmanuilovich Chudnovskiy (1924 — 2016) — sovet psixologi va o‘qituvchisi, psixologiya fanlari doktori, professor, Xalqaro pedagogika akademiyasining haqiqiy aʼzosi sanaladi.
U 150 dan ziyod ilmiy ishlar muallifi hamdir.
Biografiyasi
U 1924-yil 24-sentyabrda Odessa shahrida yahudiylar oilasida tug‘iladi.
Chudnovskiy mehnat faoliyatini Ulug‘ Vatan urushi yillarida, Li-2 harbiy transport samolyotlarini yig‘uvchi sifatida boshlagan. Urushdan so‘ng, 1949-yilda u V. G. Belinskiy nomidagi Toshkent kechki pedagogika institutini (hozirgi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti) imtiyozli diplom bilan tamomlaydi. Vil Chudnovskiy 1949—1963-yillarda pedagoglik faoliyati bilan mashg‘ul bo‘ladi. 1961—1962-yillarda u RSFSR Pedagogika fanlari akademiyasi Umumiy va pedagogik psixologiya ilmiy-tadqiqot instituti aspiranturasida tahsil oladi va 1963-yilda rahbari N. S. Leytes qo‘lida „Maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarning yosh xususiyatlari va asab tizimi tipining xususiyatlarining oʻzaro bogʻliqligi toʻgʻrisida“ mavzusi bo‘yicha nomzodlik dissertasiyasini himoya qiladi.
U 1949—1963-yillarda Toshkent pedagogika instituti va Psixologiya institutida psixologiya fanidan dars beradi. 1964-yildan Moskva Psixologiya ilmiy-tadqiqot institutida (keyinchalik — Rossiya taʼlim akademiyasining Umumiy va pedagogik psixologiya instituti) B. M. Teplovning „Individual farqlar muammolari bo‘yicha tadqiqotlar“ laboratoriyasida, so‘ngra L. I. Bojovichning „Shaxsning yosh shakllanishining psixologik xususiyatlarini o‘rganish“ laboratoriyada ishlagan. Vil Chudnovskiy 1980-yilda „Talaba shaxsi axloqiy barqarorligining psixologik asoslari“ mavzusida doktorlik dissertasiyasini himoya qiladi. Oradan yillar o‘tib, 1996-yildan Moskva Davlat mintaqaviy universitetining psixologiya fakultetida dars beradi.
Taniqli pixolog-pedagog 2016-yil 9-yanvarda Moskvada vafot etadi.
Xizmatlari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org